Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

O‘zbekiston ayollar OTJning Turkiyadagi musobaqadagi raqiblari ma’lum

O‘zbekiston ayollar OTJning Turkiyadagi musobaqadagi raqiblari ma’lum

Baho:
+ | -
Avval xabar berib o‘tganimizdek, Tokio Olimpiadasining saralash bahslariga tayyorgarlik ko‘rayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar Olimpiya terma jamoasi Turkiyadagi xalqaro musobaqada ishtirok etadi.   Alanya shahrida o‘tkaziladigan xalqaro turnirda 8 ta terma jamoa g‘oliblik uchun kurash olib boradi. O‘yinlar ikkita guruhda tashkil etiladi. Qizlarimiz «A» guruhida Ruminiya, Hindiston va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi bahs yuritadilar. «B» guruhida esa Shimoliy Irlandiya, Fransiya, Qozog‘iston va Iordaniya terma jamoalari o‘zaro bahs olib borishadi.   O‘zbekiston ayollar Olimpiya terma jamoasining musobaqadagi taqvimi quyidagicha ko‘rinish olgan:   27 fevral: Hindiston – O‘zbekiston (Side shahri, «Evrenseki» stadioni)   1 mart: O‘zbekiston – Ruminiya (Side shahri, «Evrenseki» stadioni)   3 mart: O‘zbekiston – Turkmaniston (Side shahri, «Xane» stadioni)   5 mart kuni Alanyadagi «Gold City» stadionida so‘nggi uchrashuvlar tashkil etiladi:   «A» guruhi 4-o‘rin – «B» guruhi 4-o‘rin «A» guruhi 2-o‘rin – «B» guruhi 2-o‘rin «A» guruhi 3-o‘rin – «B» guruhi 3-o‘rin «A» guruhi 1-o‘rin – «B» guruhi 1-o‘rin   Terma jamoamiz qizlari ayni paytda Toshkent viloyatining «Chorbog‘» oromgohida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazishmoqda. Mashg‘ulotlar 15 fevral kuni yakunlanadi. Shundan so‘ng ularga uch kun dam beriladi. Safar oldidan tashkil etiladigan so‘nggi yig‘in 19-23 fevral kunlari «Chig‘atoy» sport bazasida bo‘lib o‘tadi. 23 fevral tunda esa qizlarimiz Turkiyaga yo‘l olishadi.  
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 17:14, 06.02.2019.
O'qildi: 2749 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.