Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

PFL. Barcha futbolchilar va futbol klublari diqqatiga

PFL. Barcha futbolchilar va futbol klublari diqqatiga

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi futbolchilarga beriladigan ko‘tarma pullari masalasini tartibga solish yuzasidan ish olib borayotgani barchaga ma’lum. Shundan kelib chiqib, barcha futbol klublari ko‘tarma pullarini berish tartibiga mas’uldir.

PFL tomonidan taqdim etilgan shartnomalarda futbolchilarga ko‘tarma pullari oyma-oy bir xil miqdorda berilishi belgilab qo‘yilgan. Tashkilot yilda ikki marta o‘tkaziladigan audit tekshiruvida bu jihatga jiddiy e’tibor qaratadi. Agar biror futbolchi ko‘tarma pulining katta qismini birdaniga olgani aniqlansa, O‘FA mazkur jarayon yuzasidan ish ochadi. Bunda futbolchi ham, klub ham jiddiy sanksiyalar bilan yuzlashadi.

Ayni vaqtda na O‘FA va na PFL ko‘tarma pullari miqdorini chegaraladi. Ammo uni to‘lash tartibini aniq ko‘rsatib berdi. 2020 yildan boshlab davlat korxonalari tomonidan moliyalashtiriladigan futbol klublarida ko‘tarma puli degan tushunchaning o‘zi bo‘lmaydi.

Bungacha ko‘tarma pullarini birdaniga talab qilgan futbolchilarning keyingi faoliyatlari qoniqarli bo‘lmagan holatlar ko‘p. 2019 yilda barcha futbolchilar o‘z daromadlaridan to‘lanadigan soliqlarga, o‘zlari tuzgan shartnomalarga jiddiy munosabatda bo‘lishlari shart. Bularning barchasiga klublar javobgardir.

Shuningdek, mazkur jarayonda futbolchilarning o‘zlari ham jazoga tortilishi mumkin. Futbolchilar o‘zlari talab qilayotgan umumiy summani klublardan oyma-oy olishi shart. Biror klub rahbariyati yoki mas’ul shaxs futbolchiga oldindan beriladigan ko‘tarma pulini va’da qilib, bu ishni amalga oshirgani aniqlansa, har ikki taraf ham jazoga tortiladi. O‘FA va PFL futbolchilarga, murabbiylarga to‘lanadigan oyliklar miqdoriga aralashmaydi. Ammo ularning berilishi tartibi jiddiy nazoratda bo‘ladi.

Professional futbol ligasi futbol jamoatchilikdan mazkur masala yuzasidan futbolchilarni ogohlantirishda yordam so‘raydi. Biror iqtidorli futbolchining sanksiyalar ortidan jabr chekishi tashkilot uchun kerak emas. Ammo u qanday darajadagi futbolchi bo‘lmasin, umumiy tartiblarga, qonun va qoidalarga amal qilishi shart.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 09:56, 15.02.2019.
O'qildi: 4425 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.