Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov bo‘yicha rasmiy Bayonot

O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov bo‘yicha rasmiy Bayonot

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bir qator ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston milliy tera jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterovdan Osiyo Kubogi davomida olingan tahlillarda ta’qiqlangan modda topilgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bu masala bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi:

Haqiqatan ham, Osiyo futbol konfederasiyasi tomonidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterovdan Osiyo Kubogi doirasida olingan tahlillar natijasida uning qonida ta’qiqlangan modda aniqlangani haqida rasmiy xat O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va Nesterov ayni paytda to‘p surayotgan Saudiya Arabistonining "Uhud" klubiga rasmiy xat yuborilgan.  Ammo mazkur xatda bu masala bo‘yicha hozirda OFK Tartib-intizom qo‘mitasi ish olib borayotgani, hali yakuniy qaror qabul qilinmagani, ungacha esa bu ma’lumotni oshkor qilmay turish so‘ralgan. Tabiiyki, yakuniy qaror qabul qilingunga qadar Ignatiy Nesterov hech qaysi jamoa tarkibida maydonga tusha olmasligi ham xatda ma’lum qilingan.

Shunga qaramay, "Uhud" klubi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bu ma’lumotni ommaga oshkor qilib, Nesterov doping qabul qilgani tufayli OFK tomonidan chetlatilgani haqida xabar tarqatdi.  Bu esa professional klub maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan holatdir. 

Terma jamoa shifokorlari Ignatiy Nesterov bilan bu masalada suhbatlashishganda, Nesterov Osiyo Kubogi davomida terma jamoa shifokorlarining ruxsatisiz va ularni ogohlantirmay vazn tashlashga yordam beruvchi dori qabul qilgani ma’lum bo‘ldi. O‘FA Ignatiy Nesterovning bu xatti-harakatini qoralaydi, shu bilan birga futbolchining ataylab taqiqlangan moddalarni qabul qilish maqsadi bo‘lmaganini, bu dori tarkibidagi ba’zi moddalar taqiqalanganini bilmaganini ma’lum qiladi. 

Vazn tashlash boks, kurash kabi sport turlarida sportchiga natijaga erishish uchun yordam berishi mumkin, ammo futbolda bu holatning natijaga erishishga umuman ta’siri yo‘q.  OFK mana shu jihatlarni ham o‘rganib chiqib, Tartib-intizom qo‘mitasi yig‘ilishidan so‘ng yakuniy qarorni qabul qiladi. Ungacha esa barcha ommaviy axborot vostilaridan Ignatiy Nesterov bo‘yicha xabar yozayotganda mana shu jihatlarga e’tibor qaratish so‘raladi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 20:33, 15.02.2019.
O'qildi: 11146 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.