Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Namanganda Telyakov va Latifboyev ishtirokida kollej talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi

Namanganda Telyakov va Latifboyev ishtirokida kollej talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yaqinlashib kelayotgan yangi mavsumdan boshlab o‘quv yurtlari hamda mahallalardagi yoshlarni futbolga ko‘proq jalb etish, ularning mazkur sport turiga bo‘lgan qiziqish va mehrini oshirish maqsadida yaqin o‘tmishning mahoratli futbolchilari ishtirokida turli uchrashuvlar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilayotganidan xabaaringiz bor.

Shu maqsadda ayni kunlarda Farg‘ona vodiysida ishchi tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zPFL Muxlislar bilan ishlash bo‘limi vakillari “Navbahor” klubiga tashrif buyurishdi va yakunda Namangan shahridagi Davlatobod yengil sanoat va kasb-hunar kolleji talablari bilan Akmal Telyakov va Abbos Latifboyev ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

PFL vakillari dastlab Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingohga tashrif buyurib, “Navbahor” PFK va “Markaziy” o‘yingoh rahbariyati bilan uchrashishdi. Mazkur uchrashuv jarayonida PFL vakillari muxlislarni stadionlarga jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar, PFL hamda Respublika mahallalar kengashi va oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi bilan imzolangan Memorandumga asosan, har bir klub o‘z viloyatidagi mahallalar, OTM hamda kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi, ulardagi iqtidorli futbolchilarga ko‘proq e’tibor qaratishi joizligi, jamoalarning bayroqlariga o‘z ramzi tushirilishi, har bir klub o‘z shiori, maskoti hamda madhiyasiga ega bo‘lishi, yillik abonementlar chiqarishi, ishqibozlarga qulaylik yaratish maqsadida stadionning ichida fast-fud va salqin ichimliklar savdosini tashkil etishi lozimligini aytib o‘tdi.

“Navbahor” PFK vise-prezidenti Baxtiyor Usmanov 2019 yilgi mavsumda muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirish borasida rejalar tuzilgani, jumladan, yangi mavsumda “Navbahor”ning uy uchrashuvlaridagi futbol bahslari 8ta videokamera orqali namoyish etilishi, bu esa “Navbahor”ning o‘z maydonidagi o‘yinlarining jonli translyasiyasi sifati yaxshilanishi, reklama bannerlari elektron yozuvli ko‘rinishda bo‘lishi, “Markaziy” o‘yingohga jamoa ramzi bo‘lgan lochin qushi monumentining o‘rnatilishi, joriy yildan boshlab, o‘yingohda yangi raqamli texnologiyalar hayotga tatbiq etilishini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, “Markaziy” o‘yingohning anjumanlar zalida PFL, “Navbahor” PFK, viloyat mahallalar kengashi va viloyat kasb-hunar ta’lim boshqarmasi vakillari, bundan tashqari, “Navbahor”ning faxriy futbolchilari – Akmal Telyakov va Abbos Latifboyev ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

So‘ngra PFL vakillari Namangan shahridagi Davlatobod yengil sanoat va kasb-hunar kollejiga tashrif buyurib, mazkur kollejning majlislar zalida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 13:30, 16.02.2019.
O'qildi: 3167 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.