Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Superkubok oldidan matbuot anjumani muxlislar qarshisida — «Samarqand darvoza»da bo‘lib o‘tadi

Superkubok oldidan matbuot anjumani muxlislar qarshisida — «Samarqand darvoza»da bo‘lib o‘tadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
Professional futbol ligasi O‘zbekiston Superligasi uchrashuvini yuqori saviyada tashkil etish yo‘lida “Samarqand darvoza” savdo-ko‘ngilochar markazi bilan kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra, Superkubok oldidan har ikki jamoa bosh murabbiylari hamda futbolchilari ishtirokidagi matbuot anjumani Toshkent markazida joylashgan “Samarqand darvoza”da bo‘lib o‘tadi.   Rejaga ko‘ra, Mirjalol Qosimov ham, Andrey Fyodorov ham matbuot anjumaniga jamoaning yetakchi futbolchilari bilan tashrif buyuradi. Bunda anjuman odatdagi ko‘rinishda emas, bayramona ruhda o‘tishi asosiy ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayonni istalgan futbol muxlisi kuzatib borish imkoniyatiga ega.   O‘zbekiston Superkubogi g‘olibiga topshiriladigan sovrin ham shu kuni “Samarqand darvoza”ga olib kelinadi. Istovchilar uning fonida futbolchilar hamda murabbiylar bilan suratga tushishlari mumkin. Shuningdek, 23 fevral kuni “Paxtakor” stadionida o‘tkaziladigan Superkubok o‘yini uchun Professional futbol ligasi tashrif buyuruvchilarga bepul chiptalar taqdim etadi.   AGMK va “Lokomotiv” klublari muxlislari o‘z suyukli futbolchilaridan dastxat olish, ular bilan yuzma-yuz suhbatlashish imkoniyatga ega bo‘lishlari mumkin. Professional futbol ligasi muxlislarning millionlar o‘yiniga bo‘lgan mehrini qaytarish, ishqibozlar orasiga yanada yaqinroq kirib borish yo‘lida bu kabi tadbirlarni tez-tez amalga oshirishni rejalashtirgan. Yozga qadar O‘zbekiston chempioni va kubogi sohiblari qabul qilib oladigan sifatli sovrin ham tayyor bo‘ladi. Mazkur sovrinlar butun mamlakat bo‘ylab aylanadi, ular birinchi navbatda muxlislar ko‘z o‘ngida namoyish etiladi.    Ma’lumot uchun, “Samarqand darvoza” savdo-ko‘ngilochar markazidagi tadbir 22 fevral — juma kuni bo‘lib o‘tadi. Uning aniq vaqti tez orada ma’lum qilinadi.
Manba: UFA
Kiritildi: 16:26, 19.02.2019.
O'qildi: 3082 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик