Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Azim Ahmedov: «Muxlislardan bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashlikni so‘rayman»

Azim Ahmedov: «Muxlislardan bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashlikni so‘rayman»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Qrim va Turkiyadagi yig‘inlardan keyin mavsumga tayyorgarlikning so‘nggi qismini Namanganda davom ettirayotgan “Navbahor”  klubi tarkib jihatdan ancha o‘zgargan. Biz esa mahoratli yarim himoyachi Azim Ahmedov bilan suhbat qurdik.

- “Navbahor”ning  yig‘iniga Turkiyada qo‘shildingiz. U yerdagi yig‘in va o‘rtoqlik o‘yinlaridagi raqiblar haqida qanday fikrdasiz?

- Turkiyada yaxshi tayyorgarlik olib borildi. Raqiblar kuchli va to‘g‘ri tanlangan deb o‘ylayman. Ularga qarshi kechgan nazorat – sinov  bahslarida o‘zimiz uchun kerakli bo‘lgan ko‘plab jihatlarni o‘rgandik. Ushbu yig‘inda asosiy e’tibor jismoniy tayyorgarlikka qaratildi.

- Kanchelskis ham Arveladze kabi Yevropa futbolidan bahramand bo‘lgan mutaxassis. Uning mahalliy murabbiylardan ajralib turadigan qandaydir ustun jihatlarini sezdingizmi?

- Arveladze qo‘l ostida bir yarim yil o‘ynagan futbolchi sifatida shuni aytishim mumkinki, bu murabbiy haqiqatdan ham O‘zbekistonga Yevropa futbolini olib kiryapti. O‘ylashimcha bu ikki mutaxassis ko‘pni ko‘rgan tajribali murabbiy sifatida klublarimizni o‘sishga erishtira oladi.

- Sizningcha, Navbahorda asosiy tarkib futbolchisiga aylanish uchun imkoniyat yaxshiroqmi?

- “Navbahor”da ham raqobat kuchli deb o‘ylayman. Ochig‘i, oldimda bir qator takliflar bor edi. Lekin “Navbahor”ni tanladim. Maqsadim o‘z ustimda ishlab, astoydil mehnat qilib, asosiy tarkibdan joy olish. Hozirda bor e’tiborimni “Navbahor”ga qaratmoqchiman.

- Ma’lum muddatdan so‘ng yana qadrdon jamoangizga qaytdingiz. Namanganlik muxlislarni sog‘inganingiz aniq. Lekin “Navbahor o‘yingohi maydoni hali mavsumga tayyor bo‘lmagani bois, Namangandagi ilk uchrashuv uzoqqa cho‘zilishi mumkin…

- Ha, to‘g‘ri. Birinchi navbatda muxlislarni juda ham sog‘indim. Maydon masalasiga keladigan bo‘lsak, barchasi yaxshi holatga keltirilyapti. Bizni muxlislar mehmonda ham qo‘llab-quvvatlashadi, buni juda yaxshi bilaman. Ular bizni yolg‘izlatib qo‘yishmaydi. Xudo xohlasa, ularni xursand qilamiz.

Paxtakor OCHL guruh bahslariga yo‘llanma oldi. Jamoadan ketganingizga achinmadingizmi?

- Oldin ham aytdimku, zaxirada o‘tirib, mehnat qilmasdan pul topmoqchi emasman. Shu sababli, “Navbahor”da qattiq mehnat qilmoqchiman.

- “Realdan Yuventusga o‘tgan Ronalduning maqsadlari barchaga ayon. PaxtakordanNavbahorga o‘tgan Ahmedovning maqsadlari qanday?

- Eng katta maqsadim, namanganlik jonkuyar muxlislarni xursand qilish. Bu yerda jonimni berib o‘ynamoqchiman. Muxlislardan esa har qanday holatda ham bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashlikni so‘rab qolaman. Avvalo yomon kun bo‘lmasin, lekin futbolda barcha narsa bo‘lishi mumkin. Shunda ham ishonchni yo‘qotmaylik. Xudo xohlasa ana shunda barchasi yaxshi bo‘ladi.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 09:39, 27.02.2019.
O'qildi: 2109 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.