Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/12 01:00 Valensiya - Malyorka
20/12 17:30 Nyukasl - Chelsi
20/12 18:00 Real Ovyedo - Selta
20/12 20:00 Bornmut - Byornli
20/12 20:00 Brayton - Sanderlend
20/12 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
20/12 20:00 Vulverhempton - Brentford
20/12 20:15 Levante - Real Sosyedad
20/12 22:00 Lasio - Cremonese
20/12 22:30 Osasuna - Alaves
20/12 22:30 Tottenhem - Liverpul

«Lokomotiv» va uning ertangi raqibi haqida

«Lokomotiv» va uning ertangi raqibi haqida

Baho:
+ | -1
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar


Mana OCHLning boshlanishiga ham oz vaqt qolmoqda! Quvonarlisi shundaki, yurtimizning «Lokomativ» va «Paxtakor» klublari ham ushbu turnirda ishtirok etadi.

«Lokomativ»

Yaqindagina «Super kubok»da zafar quchgan klubimiz hozirda optimal formaga kirib bormoqda. Mavsum boshlanmagani va raqib chempionatlari avjida ekanligini endi ham vaj qilib ko‘rsatish, menimcha, chempionimizga yarashmasa kerak! Andrey Fyodrov shogirdlari mavsumga  yaxshi tayyorlanishi uchun rahbariyat hamma imkoniyatlarni yaratib berdi. Biz ertangi uchrashuvda klubimizdan g‘alaba kutib qolamiz!

Al-Vahda

BAA klubining ichki chempionatida o‘rtacha ishtirok etmoqda va 5-pog‘onada bormoqda. 64 yoshlik gollandiyalik murabbiy Henk ten Kate qo‘l ostida klub 2018-yildan beri shug‘ullanib kelmoqda. Bu mutaxasis Yevropaning bir nechta grand klublarida yordamchi murabbiy sifatida ishlagan va yaxshigina tajribaga ega. Arab klublariga hos bo‘lgan kuchli legionerlar bu klubda ham bir nechta topiladi. Argentinalik Tagliabue, Marokashlik Batna, Braziliyalik Leanardo so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Klub o‘z uy uchrashuvlarini «Al Nahyan» stadionida o‘tkazadi. Jamoa so‘nggi uchta uchrashuvning ikkitasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, bir bor mag‘lubiyatga uchragan. Klub to‘p bilan ko‘proq muomalada bo‘lishni, va kombinasion hujumlar uyushtirishni xush ko‘radi va chiroyli futbol tarafdori.

Ertangi uchrashuv haqida

«Lokomotiv» o‘tgan mavsumdagi OCHL bahslarida uyda boy berilgan ochkolar sababli guruhda qolib ketgan edi. Bu mavsum ushbu xatoni takrorlamaslik uchun ilk uchrashuvda 3 ochko olish shart. «Temir yo‘lchilar»ga ertangi uchrashuvda g‘alaba tilab qolamiz.

Umar Ali Shonodirov.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:10, 03.03.2019.
O'qildi: 6323 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.