Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche 3-0 Jirona
07/12 19:00 Brayton 1-1 Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari 1-0 Roma
07/12 20:15 Valensiya 1-1 Sevilya
07/12 21:30 Fulhem 1-2 Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio 1-1 Bolonya
07/12 22:30 Espanyol 1-0 Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli 2-1 Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid 0-2 Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa
09/12 00:45 Torino - Milan
09/12 01:00 Vulverhempton - Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna - Levante

G‘alabaga teng durang yoxud “Paxtakor” qaytmoqda!

G‘alabaga teng durang yoxud “Paxtakor” qaytmoqda!

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO

Hozirgina yakunlangan uchrashuv ko‘pchilik muxlislar ko‘nglida umid uchqunlarini uyg‘otgan bo‘lsa, ajab emas. Sababi Toshkentning “Paxtakor” klubi Osiyoning eng kuchli klublaridan biri bilan jangovar durang qayt etdi va “Ozodi” stadionidan bir ochko bilan ortga qaytmoqda. Ushbu uchrashuvdagi birinchi golga to‘xtalmaslikka qaror qildik. Sababi, sharhlovchimizning ushbu golga munosabatining o‘zi- hamma savollaringizga javob bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Hamjihatlik

Arveladzening yurtimizdagi faoliyatini hech kim menchalik ko‘p tanqid ostiga olmagan bo‘lsa kerak. Shunga qaramasdan tan olish kerak bugun u o‘z ishini ajoyib tarzda uddaladi. To‘g‘risi bugun jamoamiz bosh murabbiyi tanlagan taktika va strategiya meni juda ham xursand qildi. Ayniqsa futbolchilarning  hamjihatlikda kurashlarga kirishayotgani, jamoadoshlarining xatolarini o‘z vaqtida yopib ketishgani, bugungi qo‘lga kiritilgan ochkoning asosiy omillaridan biri bo‘ldi. Bugun Abdullayev va Alijonovlarning o‘yinlarini alohida qayd etgan bo‘lar edi. Alijonov o‘zining ishonchli o‘yinlarini bardavom ko‘rsata olsa, tez orada terma jamoada ham debyut qilishi hech gap emas. Himoyachilarimiz o‘z zo‘nalarida “mandaraj” holatiga biror marotaba tushib qolishmadi va hujumlarni sovuqqonlik bilan boshlab berishdi. To‘g‘ri ayrim vaziyatlarda xatolar ham bo‘ldi ammo, boshida aytganimdek hamjihatlik evaziga bu xatolar yopilib ketdi.

Kuchli Bosim va Jismoniy holat

Bugun raqiblarimiz uchrashuvning ilk daqiqalaridan bosim uyushtirishni boshlab yuborganlariga qaramasdan, “Sherlar” o‘yin so‘nggigacha bosimga munosib turib bera olishdi. Ayrim vaziyatlarda hatto biznikilar raqibga bosim uyushtirib xato qilishga ham majbur qila olishdi. Kuchli pressingga tayanib harakat qilgan “Paxtakor” so‘nggi daqiqalargacha o‘yinni nazorat qila oldi. Arveladzening jismoniy holat bilan alohida shug‘ullangani bugun yaqqol ko‘rindi. Bir so‘z bilan aytganda klubimiz jismoniy holatining yaxshiligi evaziga ushbu bosimni qiyinchilik bilan bo‘lsada yenga oldi.

Yahshi legionerimiz bo‘lganidami…

Ushbu uchrashuvni g‘alaba bilan tugatishimiz mumkin edi ammo, bizga yaxshi saviyadagi legioner hujumchi yetishmadi. To‘g‘ri, Bikmayev harakat qildi lekin,ayrim nozik vaziyatlarni bizning mahaliy hujumchilar ko‘p hollarda o‘tkazib yuborishdi. “Persapolis” klubining legioneri esa uchrashuvda yagona golga tortuvchi vaziyat paydo bo‘lishi bilan uni golga aylantirdi. Bundan so‘ng “Sherlar” raqibga deyarli o‘tkir o‘ynashga imkon berishmadi. Arveladze hujumda “Rokirovka”ni amalga oshirib Bikmayev o‘rniga Sergeevni maydonga tushurdi biroq bu deyarli foyda bermadi. Agar sovuqqonroq hujumchimiz bo‘lganida biz bu uchrashuvda g‘alaba ham qozonishga yetarli vaziyatlar yaratgan edik.

Sergeev o‘z vaqtida yurtimizda birinchi raqamli hujumchi edi ammo hozirda uning ruhiy holati yaxshi emas. Uning ko‘zlarida o‘ziga bo‘lgan avvalgidek ishonch ko‘rinmayapti. Mayli, biz uning avvalgi darajasiga qaytib olishiga tilakdoshmiz.

Xulosa

Agar “Paxtakor” xuddi shunday yuqori bosimda guruh o‘yinlarida harakat qila olsa, unda “Sherlar”ning raqiblariga ancha qiyin bo‘ladi. Arveladzening jamoasi bugun jismoniy holati borasida Eron chempionati peshqadaminikidan zarracha ham qolishmadi. Hozircha Arveladze bu mavsumda yaxshi start oldi. Umid qilamiz ushbu start ajoyib finishga aylansin. Zero “Paxtakor”ning muxlislari katta g‘alabalarni sog‘inib qolishgan

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:00, 05.03.2019.
O'qildi: 6636 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.