Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

«Metallurg»ning Termizdagi duranglar seriyasi davom etadi...

«Metallurg»ning Termizdagi duranglar seriyasi davom etadi...

Baho:
+ | -

“Surxon” hamda “Metallurg” jamoalari shu kungacha Termiz shahrida kuchlilar safida o‘zaro yettita o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, shulardan beshtasida kuchlar teng kelgan. Coca Cola Superliganing 1-turida ham bu an’ana davom etdi. Bu gal bekobodliklar so‘nggi daqiqalardagina mag‘lubiyatdan qutilib qolishdi...

Bevosita o‘yin tafsilotiga to‘xtaladigan bo‘lsak, maydonda to‘p surayotgan jamoalarning darajasi ilk daqiqalardanoq sezilib turdi.

Mehmonlar safida tajribali, mahoratli o‘yinchilar ko‘pligi, jamoaviy o‘yinning shakllanganligi ko‘zga tashlandi. Biroq maydon egalari ilk o‘yinga o‘zgacha ishtiyoq bilan tayyorlanganligini isbotladi.

O‘n besh yillik tanaffusdan so‘ng kuchlilar safida ilk g‘alaba bilan muxlislarni xursand etish ishtiyoqi “Surxon” futbolchilarining har bir harakatida, maydonning har bir qarichi, har bitta to‘p uchun kurash olib borishida o‘z aksini topdi.

Buning ustiga tezkor gol ularni yanada ruhlantirib yubordi. Beshinchi daqiqada Abbos Otaxonovning jarima maydonida uzoqlashtirgan to‘pini tajribali Shavkat Salomov egallab oldi va uzun to‘p oshirish evaziga Sherzod Hakimovni darvozabon bilan yakkama yakka holatga olib chiqdi.

“Neftchi”dan janubliklar safiga kelib qo‘shilgan Sherzod bu vaziyatdan oqilona foydalanib, hisobni ochdi – 1:0.


Mehmonlar butun o‘yin davomida hududiy ustunlikda harakat qilgan bo‘lsa-da, faqatgina so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutilib qolishdi.

Bekobodliklar joniga standart vaziyat oro kirdi. Islom Isoqjonovning jarima maydoniga uzatib bergan to‘pi bir necha o‘yinchiga tegib, olis burchakkacha yetib bordi.

Ushbu vaziyatda hujumchilarga yordamga yetib kelgan Abbos Otaxonov abjirlik ko‘rsatib, to‘pga birinchi bo‘lib ulgurdi va hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Manba: Stadion
Kiritildi: 16:04, 10.03.2019.
O'qildi: 1658 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.