Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Bunaqasi tarixda bo‘lmagan! 14 yoshli og‘ir atletikachi qiz mutlaq jahon chempioni bo‘ldi!

Bunaqasi tarixda bo‘lmagan! 14 yoshli og‘ir atletikachi qiz mutlaq jahon chempioni bo‘ldi!

Baho:
+1 | -

Yangi haftaning ilk daqiqalari xushxabar bilan boshlandi. Las-Vegasda davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida Nigora Abdellayeva -49 kg vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo‘ldi. Yanayam qizig‘ini aytaylikmi? Bu qizimiz hali 14 yoshda!

Qahramonimiz dast ko‘tarish mashqida 75 kg, siltab ko‘tarish mashqida esa 90 kg, ikki kurash bo‘yicha 165 kilogramm natija qayd etdi! Uchala yo‘nalishda ham hech kim Nigoraxonga teng kela olmadi!

Hali o‘zbek og‘ir atletikasi tarixida bunaqasi bo‘lmagan. O‘tgan yili poytaxtimiz mezbonlik qilgan yoshlar o‘rtasidagi musobaqa ham shunday quvonchli onlarni taqdim qilgandi.

O‘shanda Kumushxon Fayzullayeva -63 kg vazn toifasida ishtirok etib, dast ko‘tarishda bronza (94 kg), siltab ko‘tarish (120 kg) va ikki kurash bo‘yicha (214 kg) oltin medallarni qo‘lga kiritgan. O‘shanda Kumushxon og‘ir atletikada qizlarimiz orasida birinchi bor jahon chempionligini qo‘lga kiritgan sportchiga aylangan edi.

Keyingi kun bahslarida Dolera Davronova dast ko‘tarishda beshinchi natijani qayd etganiga qaramasdan siltab ko‘tarishdagi ajoyib ko‘rsatkichi evaziga ikki kurash bo‘yicha g‘alabani ilib ketgan. Kecha Nigoraxon bu borada mutlaq so‘zini ham qo‘shdirib qo‘ydi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 17:00, 11.03.2019.
O'qildi: 6093 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик