Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Nazorat uchrashuvi. «Bunyodkor» Qozog‘iston klubi bilan durang o‘ynadi

Nazorat uchrashuvi. «Bunyodkor» Qozog‘iston klubi bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Superliganing 2-tur uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rayotgan «Bunyodkor» bugun nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

Qozog‘iston chempionatining 1-ligasi ishtirokchisi Qizilo‘rdaning “Baykonur” klubiga qarshi maydonga tushgan “qaldirg‘ochlar” durangga imzo chekdi. Sanjar Rihsiboyev burchak to‘pidan keyin hisobni ochdi. Jamoalar tanaffusga shu hisobda chiqib ketishdi. Ikkinchi bo‘limda “Bunyodkor” tarkibi sezilarli darajada yangilandi. Bu o‘yinga o‘z ta’sirini o‘tkazdi va mehmonlar hisobni tenglashtirishdi.

Nazorat uchrashuvi

Bunyodkor – Baykonur (Qozog‘iston) – 1:1

26 mart. Toshkent. «Bunyodkor» akademiyasi maydoni.

“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Dilshod Ahmadaliyev, Anvar G‘ofurov, Boburbek Farhodov, Abubakr Mo‘ydinov, Javohir Qahramonov, Lutfulla To‘rayev, Suhrob Izzatov, Xurshid G‘iyosov, Jaloliddin Jaloliddinov, Sanjar Rihsiboyev.

Zaxiradan tushganlar: Abdumavlon Abduljalilov, Vladislav Nuriyev, Sergey Proxorov, Kemran Najafaliyev, Burxon Usmonov.

Gol: Sanjar Rihsiboyev.

Manba: Stadion
Kiritildi: 16:05, 26.03.2019.
O'qildi: 3352 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик