Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Leo Messining shohona hayoti: ajoyib samolyot, tilla telefon va 32 mln yevrolik Ferrari haqida

Leo Messining shohona hayoti: ajoyib samolyot, tilla telefon va 32 mln yevrolik Ferrari haqida

Baho:
+ | -

Zamonamizning eng buyuk futbolchilaridan biri qimmatbaho buyumlarni yoqtiradi, deb yozadi«Sport-Ekspress» kolumnisti Dmitriy Somov.

Mol-mulk

Messining Barselonada kattagina uyi mavjud. U shahardagi eng obro‘li tuman Bellamarda joylashgan. Leo hovlini 2009-yilda, taxminan, 6 million yevro evaziga sotib olgan. Uy oynalaridan Garraf tog‘lari va O‘rtayer dengizi sohili ko‘rinib turadi. Uy ichi ham O‘rtayer dengizi uslubida rangli devorlar bilan o‘ralgan. Uyning pollari esa taxtadan ishlangan. Unda kattagina trenajyor zali ham joylashgan. Leo farzandlari uchun uyda o‘yin maydonchasi, basseyn ham qurgan. Va albatta hovlida kichik bo‘lsada futbol maydoni ham mavjud.

Mashinalar

Messi qimmatbaho mashinalar shaydosi. Uning kolleksiyasida qiymati 32 million yevro bo‘lgan Ferrari 335 S Spider Scagliyetti bor. Avtomobil 1957-yilda ishlab chiqarilgan. Mashina 2016-yil auksionda dunyoning eng qimmat avtomobili sifatida baholangandi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkru Ferrari’ga Krishtianu Ronaldu ham da’vogar bo‘lgan, biroq Messi azaliy raqibini bu borada ortda qoldirgan. Noyob avtomobil vaqtida Formula 1 poygalarida ham ishtirok etgan. Messi, shuningdek, Ferrari F 4430 Spider – 280 ming yevro, Maserati Granturismo – 210 ming yevro, Audi Q7 – 90 ming yevro, Audi R8 – 220 ming yevro, dodge Charger SRT8 – 26 ming yevro, Lexus LX 570 – 66 yevro kabi avtoulovlarga ham egalik qiladi.

 

Foto: AS

Samolyot

Leo yaqindagina shaxsiy samolyot sotib oldi. Futbolchi havo layneri uchun 15 million yevro to‘lagani haqida bong urildi. Samolyotda yo‘lovchilar uchun 16 ta o‘rindiq bor. Ular bir vaqtda 8 ta karavotga aylanish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari samolyotda 2 ta yuvinish xonachasi hamda 2 ta oshxona mavjud. Samolyotning dum qismida Messi o‘ynaydigan 10-raqam aks etgan. Samolyot zinasidan esa Messining oila a’zolari nomlari o‘rin olgan.

 

Foto: AS

Telefon

Messi narxi 1200 dollar bo‘lgan iPhone XSMax’ni sotib oladi. Ammo uni shu darajada bezatildiki, natijada uning narxi 7 ming yevroga ko‘tarildi. «Olma» 24 karat oltin bilan qoplangan. Telefonning ort qismida 10 raqami va Messi nomi tushirilgan. Uning pastrog‘ida esa oila a’zolari nomi aks ettirilgan: Antonella, Tiago, Chiro, Matteo.

Manba: Daryo
Kiritildi: 09:50, 02.04.2019.
O'qildi: 12444 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.