Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

FIFA reytingi: O‘zbekiston 4-pog‘ona ko‘tarildi

FIFA reytingi: O‘zbekiston 4-pog‘ona ko‘tarildi

Baho:
+ | -

Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) bugun jahon terma jamoalarining yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi o‘tgan oy reytingiga nisbatan 4 o‘rin yuqorilab, 85-pog‘onaga chiqib oldi.


Terma jamoamiz mart oyidagi FIFA kunlari doirasida "China cup-2019" musobaqasida ishtirok etib, Urugvayga yutqazdi va Xitoyni mag‘lub etdi. Natijada reytingda hisobimizga 4 ball qo‘shildi — 1279 ball.

Osiyo mintaqada O‘zbekiston 11-o‘rinni egallab turibdi. Eron terma jamoasi 1516 ball bilan umumiy reytingda 21-pog‘onani band etgan holda, qit’aning eng yaxshi jamoasi bo‘lib turibdi. Keyin o‘rinlarni Yaponiya (26-o‘rin), Janubiy Koreya (37), Avstraliya (41) va Qatar (55) egallab turibdi.

Reytingni esa hamon Belgiya terma jamoasi boshqarib turibdi. Kuchli uchlikka kirgan Fransiya va Braziliya termalari ushbu oyda o‘z o‘rinlarini o‘zgartirishmadi. Angliya esa Xorvatiyadan o‘tib ketib, 4-qatorga chiqib oldi.

Reytingning to‘liq ko‘rinishi bilan FIFA rasmiy saytida tanishib olish mumkin.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:33, 04.04.2019.
O'qildi: 5691 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.