Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Sirdaryoda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi kubogi sohiblari aniqlandi

Sirdaryoda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi kubogi sohiblari aniqlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish borasida Sirdaryo viloyatida ham muayyan ishlar olib borilmoqda. 

Yangidan barpo etilayotgan ko‘plab sport inshootlari zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanmoqda. Viloyat yoshlari nufuzli sport musobaqalarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olib kelishmoqda.

Muhtaram Prezidentimizning joriy yil 19 fevral kuni Sirdaryo viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlari barchamizni, ayniqsa, Sirdaryoliklarni yurt uchun fidoyi va mas’uliyatli bo‘lib yashashga undadi.

Ayniqsa, viloyat yoshlarini jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, mavjud sport inshootlari quvvatidan samarali foydalanish, chekka-chekka qishloqlar hududida ham zamonaviy sport majmualari barpo etishni tashabbuskor tadbirkorlar hamkorligida amalga oshirish bo‘yicha Sirdaryo tajribasini qo‘llab-quvvatlanayotgani barchani ruhlantirmoqda.

Joriy yilning mart oyida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan bandligi ta’minlanmagan yoshlar o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi.Voleybol, gandbol, mini-futbol, shaxmat, shashka, yengil atletika, stol tennisi, badminton, suzish va velomarafon bo‘yicha uchta yosh toifasi, ya’ni 14-15, 16-17, 18-30 yoshlilar o‘rtasida birinchi bosqich tuman (shahar)lar, ikkinchi bosqich tuman (shahar)larda g‘olib bo‘lgan yoshlar o‘rtasida viloyat miqyosida ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Musobaqaning tuman (shahar)lar bosqichida 11907 (3877 nafar qizlar) kishi ishtirok etdi. Viloyat bosqichida qatnashganlar soni 1917 (810 nafar qizlar) nafarni tashkil etdi. Yakunda uchta yosh toifasida umumjamoa hisobida o‘rinlar aniqlandi.

 

14-15 yosh, o‘g‘il bolalar:

1-o‘rin - Guliston tumani

2-o‘rin - Sayxunobod tumani

3-o‘rin - Mirzaobod tumani

 

14-15 yosh, qiz bolalar:

1-o‘rin - Sayxunobod tumani

2-o‘rin - Guliston tumani

3-o‘rin - Mirzaobod tumani

 

16-17 yosh, o‘g‘il bolalar:

1-o‘rin - Sayxunobod tumani

2-o‘rin - Mirzaobod tumani

3-o‘rin - Guliston tumani

 

16-17 yosh, qiz bolalar:

1-o‘rin - Guliston tumani

2-o‘rin - Sayxunobod tumani

3-o‘rin - Mirzaobod tumani

 

18-30 yosh, yigitlar:

1-o‘rin - Sayxunobod tumani

2-o‘rin - Guliston tumani

3-o‘rin - Sirdaryo tumani

 

18-30 yosh, qizlar:

1-o‘rin - Guliston tumani

2-o‘rin - Mirzaobod tumani

3-o‘rin - Sayxunobod tumani

“O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi kubogi” sport musobaqalarining taqdirlash marosimi joriy yilning 3 aprel kuni “Alpomish” sport majmuasida bo‘lib o‘tdi, taqdirlash marosimida Jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari SH.Mo‘minjonov, Sirdaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i I.O‘roqov g‘oliblarga kubok, diplom, medal va esdalik sovg‘alarini topshirishdi.

Manba: Minsport
Kiritildi: 08:08, 05.04.2019.
O'qildi: 1473 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик