Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/02 21:00 Al-Ahli (SA) 3-0 Shabab al-Ahli
16/02 21:00 Sharja 0-1 Nasaf
16/02 23:15 Al-Hilol - Al-Vahda
16/02 23:15 Ash-Shorta - Duhayl
17/02 00:45 Kalyari - Lechche
17/02 01:00 Jirona - Barselona

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatidan avval qanday tadbirlar o‘tkaziladi?

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatidan avval qanday tadbirlar o‘tkaziladi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Osiyo sporti aprel oyida butunjahon nigohida turadi. Ushbu oyda ko‘plab sport turlari qatorida og‘ir atletika bo‘yicha ham qit’a chempionati bizni kutib turibdi. Musobaqa 20-29 aprel kunlari Xitoyning Ninbao shahrida o‘tkaziladi. Tabiiyki, har turnirda bo‘lgani kabi bahslar boshlangunga qadar xalqaro tashkilot yuzaga kelayotgan muammolar, murabbiylar va hakamlar malakasini oshirish kabi qator mavzularda seminarlar tashkil qiladi.

Mazkur Osiyo chempionatidan avval ham qator yo‘nalishlarda istiqbolli loyihalar ishlab chiqilishi belgilab qo‘yilgan. Biz uchun e’tiborlisi, unda O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov ham ishtirok etadi. Yurtdoshimiz, shuningdek, Osiyo og‘ir atletika federasiyasi vise-prezidenti va ushbu xalqaro tashkilotning murabbiylar va ilmiy qo‘mitasi raisi ham sanaladi.

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati rasman 20 apreldan boshlansa, ungacha 2 kun mobaynida ijroqo‘m, hakamlar, murabbiylar, antidoping va tibbiy qo‘mitalar yig‘ilishi ham o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan. Og‘ir atletika sportini yanada rivojlantirish va ommaviyligini oshirish, bellashuvlarning shaffof va halol o‘tishini ta’minlovchi mazkur tadbirlarning bosh tashkilotchilaridan biri yurtdoshimiz bo‘ladi. Osiyo chempionatidan avval tashkil qilinadigan yig‘ilish va konferensiyalar taqvimi quyidagicha:

18 aprel:
– Osiyo og‘ir atletika federasiyasining barcha qo‘mitalari (ilmiy, hakamlar va tibbiy qo‘mitalar) yig‘ilishi.
– Osiyo og‘ir atletika federasiyasining ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi.
– Musobaqada ishtirok etuvchi barcha sportchilar mandati.
19 aprel:
– Osiyo og‘ir atletika federasiyasining yillik Kongressi.
– Antidoping va murabbiylar uchun seminar.
– Musobaqa hakamlarining yig‘ilishi.

Bahslar 20 aprel sanasidan boshlanadi

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 14:35, 05.04.2019.
O'qildi: 1256 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.