Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Bugungi uchrashuvni o‘tkazib yubormang!

Bugungi uchrashuvni o‘tkazib yubormang!

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, bugun Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida “Paxtakor” va “Nasaf” jamoalari O‘zbkiston Superligasi doirasida to‘qnash keladi.

Bugungi uchrashuv haqida qisqacha

So‘nggi yilarda bu jamoalar o‘rtasidagi bahs anchayin qizg‘in tus olib bormoqda. Ayniqsa “Nasaf” klubi boshqaruvi Ro‘ziqul Berdiyevning qo‘ligi o‘tgach, kurash yanada qizg‘in tus oldi.

Jamoalar o‘zaro 44 bor to‘qnash kelishgan bo‘lsa, shulardan 25 tasida “Sherlar”ning qo‘li baland kelgan. 9 ta uchrashuvda “Ajdarlar” g‘olib bo‘lgan 10 ta uchrashuvda esa, durrang qayd etilgan. “Ajdarlar”ning bugungi raqibi ustidan qozonilgan eng yirik hisobdagi g‘alabasi 4:0 bo‘lsa, “Paxtakor” ham o‘z tarixida bir marotaba xuddi shunday hisobda g‘alaba qozonishning uddasidan chiqqan.

Bu mavsumni “sherlar” ko‘tarinki kayfiyatda boshlashdi. Jamoa Arveladze qo‘l ostida chiroyli o‘yin namoiyish etmoqda. Muxlislarning stadionga qaytgani ham so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Bugungi uchrashuv “Paxtakor” uchun “As-Saad” ga qarshi kechadigan bahs oldidan qizishib olish uchun imkoniyat desak, adashmagan bo‘lamiz.

“Nasaf” esa bo‘lajak yulduz futbolchilardan tashkil topgan klub sifatida bugun “Paxtakor”ga yetarlicha muammolar tug‘dirishi kutilmoqda. Ro‘ziqul Berdiyev shogirtlari o‘tgan ikki turda muxlislarga yoqadigan tomoshabop futbol namoyish etdi. Bugun ham “Nasaf” o‘z uslibiga sodiq qolgan xolda stadionga yig‘ilgan muxlislarni zeriktitib qo‘ymaydi degan umiddaman.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi. Imkoniyati bor yurtdoshlarimizni stadionga taklif etib qolamiz. Umid qilamizki bugun jamoalar, o‘yinni ko‘rgani kelganlarni zeriktirib qo‘yishmaydi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:01, 05.04.2019.
O'qildi: 9170 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик