Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Xorazmda boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati boshlandi

Xorazmda boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati boshlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida boks bo‘yicha 2003-2004 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi kalendar rejasiga binoan uyushtirilgan musobaqaning ochilish tantanalari bayramona tarzda o‘tdi. Belgilangan vaqtda musiqa sadolari yangrab, jamoalar 1996 yilgi Atlanta Olimpiadasi sovrindori Karim To‘laganov boshchiligida chiqib kelishdi. Ular yonida musobaqa hakamlari ham saflanishdi.

Chempionatni tabrik so‘zi bilan ochib bergan Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Shokir Madaminov, yurtimizda sportni rivojlantirish borasida olib borilayotgan xayrli ishlarning ahamiyati haqida to‘xtalib, musobaqa qatnashchilariga omad tiladi.

O‘z navbatida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi, xalqaro toifadagi sport ustasi Bekzod Xidirov ham so‘zga chiqib, barchani o‘ziga xos sport bayrami bilan qizg‘in qutladi.

Chempionatning ochilish marosimi nihoyasiga yetgach, Osiyo chempioni, “O‘zbekiston iftixori” B.Xidirovning mazkur musobaqa haqidagi fikr-mulohazalari bilan qiziqdik.

– Tashkilotchilar chempionatga puxta hozirlik ko‘rishibdi. Bu yerda yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlarga havas qilsa arziydi. Umuman olganda, mazkur chempionat yosh bokschilarimiz uchun mahorat va tajriba maktabi vazifasini o‘tashi barobarida, terma jamoaga nomzodlarni saralab olish imkonini ham beradi. Ishonchim komilki, Xorazm vohasida yangi-yangi iqtidor sohiblari kashf qilinadi, - dedi B.Xidirov.

Ta’kidlab o‘tish joiz, O‘zbekiston chempionatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 300 nafarga yaqin yosh bokschi 15 ta vazn toifasida ringga ko‘tariladi.

Musobaqa 10 aprelgacha davom etadi.

Manba: minsport
Kiritildi: 09:31, 06.04.2019.
O'qildi: 2251 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик