Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl

Intervyu. Jaloliddin Masharipov: «Agar ularda Xavi bor bo‘lsa, bizda Jalol bor demadingizmi?!»

Intervyu. Jaloliddin Masharipov: «Agar ularda Xavi bor bo‘lsa, bizda Jalol bor demadingizmi?!»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Bugungi kunimiz deyarli  «Paxtakor» klubi bilan o‘tdi desak, adashmagan bo‘lamiz. Jamoaning o‘yin oldi mashg‘ulotlaridan so‘ng o‘zbek futbolining eng yorqin yulduzi, do‘stimiz - Jaloliddin Masharipovni suhbatga tortdik.

Ertangi uchrashuv oldidan fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz

Bizni ertaga o‘ta muhim uchrashuv kutib turibdi. Ertangi  g‘alaba guruhdan chiqishimiz uchun zamin yaratib berishi mumkin. Shu sabab ushbu uchrashuvda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

Bugun matbuot anjumanida asosiy mavzu Xavining maydonga tushish, yoki tushmasligi to‘g‘risida bordi. Tarkibida  Xavi va Gabi  bor jamoa Osiyining har qanday klubi uchun qiyinchilik tug‘dira oladimi?

Albatta, bu ikki buyuk futbolchining maydonda bor ekanligi raqiblarda qo‘rquv hissini uyg‘otishi mumkin, lekin biz uchun emas. Agar ularning muxlislari bizda Xavi bor deb maqtangan bo‘lsa, sizlar ham bizda Jalol bor deb maqtanmadinglarmi? (kuladi)

Ertangi uchrashuvgacha A’zamov  va Simich jarohatidan qutulib safga qayitishi mumkinmi?

Simich jarohatdan to‘liq qutulganicha yo‘q. Sherzod bugun ko‘rganingizdek, asosiy guruh bilan birgalikda mashg‘ulot o‘tkazdi. Nasib qilsa, uni ertaga maydonda ko‘rasizlar.

Ertangi muhim uchrashuv oldidan muxlislarga murojaatingiz bo‘lsa, marhamat

Men ulardan ertaga maydonga kelib qo‘llab-quvvatlab turishlarini iltimos qilgan bo‘lar edim. Bizga har doimgidanda ko‘proq keraksizlar.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:20, 08.04.2019.
O'qildi: 8961 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.