Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Stol tennisi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi sohiblari aniqlandi

Stol tennisi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi sohiblari aniqlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Urganch ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida stol tennisi bo‘yicha ayollar va erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 

Unda mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 13 ta jamoa vakillari bahs yuritdi. Deyarli bir hafta davom etgan bellashuvlarning yakuniy natijasiga ko‘ra, ayollar o‘rtasida Toshkent shahri jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin Toshkent viloyatining stol tennisi ustalariga nasib etdi. Shohsupaning uchinchi pog‘onasiga Xorazm va Andijon viloyati jamoalari ko‘tarilishdi.

Erkaklar orasida kechgan musobaqada Toshkent viloyati sportchilariga munosib raqib topilmadi. Natijada, ushbu viloyat vakillari Kubok sohibiga aylanishdi. Andijon viloyati terma jamoasi ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahri jamoalari mos ravishda uchinchi o‘rindan joy olishdi.



Musobaqa ishtirokchisi, Xorazm viloyati terma jamoasi a’zosi Fotima HAYITBOYEVA shunday dedi: – “Stol tennisi bilan 7 yoshimdan shug‘ullanaman. Ustozim Mardona Aitovadan nafaqat, mazkur sport turining sir-asrorlarini o‘rgandim, qolaversa, uning yordamida katta yutuqlarga ham erishdim. Vaholanki, shu paytgacha turli yosh toifasida besh marta O‘zbekiston chempioni bo‘ldim. O‘zbekiston terma jamoasi safida Qozog‘iston va Malayziya davlatlarida uyushtirilgan Osiyo chempionatida qatnashdim. Buning barobarida, Moldova va Latviya mamlakatlarida uyushtirilgan nufuzli xalqaro turnirlarda ishtirok etib, g‘olib va sovrindor bo‘ldim. Urganchda uyushtirilgan O‘zbekiston kubogida dugonalarim bilan bronza medalini qo‘lga kiritdik. Bundan juda xursandmiz. Ayni damda, Urganch davlat universitetining 2-bosqichida tahsil olyapman. Nasib qilsa, oliygohni tamomlab ustozimdan olgan tajribamni yoshlarga o‘rgatish maqsadim bor.”

Manba: Minsport
Kiritildi: 11:32, 10.04.2019.
O'qildi: 2123 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.