Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Qarshida o‘tkazilgan «Amir Temur izdoshlari marafoni»da 100 ming nafar kishi ishtirok etdi

Qarshida o‘tkazilgan «Amir Temur izdoshlari marafoni»da 100 ming nafar kishi ishtirok etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Kecha, 10 aprel kuni Qarshi shahridagi Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab viloyat hokimligi binosidan “Vatanparvarlar bog‘i” hududigacha bo‘lgan masofada “Amir Temur izdoshlari marafoni” o‘tkazildi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda 2018 yil 20 sentyabr kuni Prezident bo‘lib o‘tgan jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, 2019 yil 19 mart kuni Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ko‘tarilgan 5 ta muhim tashabbusni qo‘llab-quvvatlash, xususan, aholining barcha qatlamini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb etish maqsadida tashkil etildi.

Marafonda hududda faoliyat olib borayotgan barcha tashkilot, korxonalar rahbarlari va ishchi xodimlari, xalq ta’limi hamda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalari, tuman (shahar) hokimliklari va tashkilot xodimlari, mahallalardagi uyushmagan yoshlar, uy bekalari, nuroniylar, faxriylar ishtirok etishdi, qatnashchilarning umumiy soni esa 100 000 nafarga yaqinlashdi.

“Amir Temur izdoshlari marafoni” g‘olib va sovrindorlari diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

Manba: Minsport
Kiritildi: 12:48, 11.04.2019.
O'qildi: 3273 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.