Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Kuchli beshlik

Kuchli beshlik

Baho:
+ | -

 

uchli beshlik doirasidagi ichki chempionatlarda eng ko‘p chempionlikni qaysi klublar rasmiylashtirgan? Aynan shu savolga bugun javob izlab ko‘ramiz.

Fransiya

«Liga 1» doirasida eng ko‘p chempionlikni nishonlagan jamoa «Sent-Etiyen» ekanligi ko‘pchilk uchun yangilik bo‘lsa, ajab emas. Ular 10 bor ichki chempionatda g‘olib bo‘lishning uddasidan chiqishgan. «Marsell» jamoasi 9 ta chempionlik bilam ikkinchi pog‘onani egallagan. 3-o‘rinni bir yo‘la ikki klub bo‘lishib turibdi. Hozirda anchagina kamtarin klubga aylangan «Nant» va «Monako» 8 bor finishga birinchi bo‘lib yetib kelishgan ekan.

Germaniya

«Bundesliga»da «Bavariya» yaqqol fovorit. Ular naqd 27 bor Germaniyada tengsiz deb topilgan bo‘lsa, ikkincho pog‘onani zabt etgan «Borussiya Dortmund» hisobida atigi 5 ta chempionlik mavjud. Bremenning «Verder» klubi 4 ta chempionlik bilan 3-pog‘onani zabt etib turibdi.

Italiya

«A seriya»da «Yuventus» qolganlardan ancha ilgarilab ketdi. Italiyadagi klublar hali beri «Yuve»dan bu ko‘rsatgich borasida o‘tib keta olmasligi aniq. Jamoa hisobida 34 ta skudetto mavjud. 2-o‘rinni Milan shahrining ikki klubi 18 ta chempionlik bilan egallab turibdi. Kuchli uchlikni «Djenoa» 9 ta chempionlik bilan yakunlab beradi.

Ispaniya

«El-Klassiko» sababli,butun dunyoning nigohida turuvchi chempionat hisoblanadi. Tarixida eng ko‘p chempionlik «Real Madrid» tomonidan qayd etilgan. Ular 33 bor «La Liga»da tengsiz topilgan bo‘lsa, azaliy raqiblari «Barselona» hisobida 25 ta chempionlik mavjud. Bu ikki

klubga so‘nggi yillarda ajoyib qarshilik ko‘rsatayotgan «Atletiko Madrid» hisobida 10 chempionlik mavjud.

Angliya

Dunyoning birinchi raqamli chempionati hisoblanadigan turnir tarixida hozircha «Manchester Yunayted»ga teng keladigan topilmayapti. Fergi boboning sharofati bilan qo‘lga kiritilgan bir necha APLning bosh sovrinlari klubni hozirgi kunimizga qadar 1-pog‘onada borishini ta’minlamoqda. Ular hisobida 20 ta chempionlik mavjud. Ikkinchi pog‘onada «Liverpul» 18 ta chempionlik bilan «Manchester Yunayted»ni ta’qib qilib kelmoqda. Bu mavsumda chempionlik uchun jiddiy kurash olib borayotgan «Liverpul» 19-chempionligini qo‘lga kiritsa, azaliy raqiblariga ancha yaqinlashib oladi. 3-pog‘onadagi kamtarin «Arsenal» hisobida 13 ta chempionlik mavjud.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:57, 17.04.2019.
O'qildi: 5303 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик