Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

O‘zbek sportini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida yana bir hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

O‘zbek sportini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida yana bir hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari surgan 5 ta tashabbusda mamlakatimiz yoshlari orasida sportni rivojlantirish, ularni jismonan sog‘lom va faol bo‘lishlarini ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalariga alohida urg‘u berilgan.

Bugun ushbu tashabbus ijrosi doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU), Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi (O‘FA) o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu hamkorlikka asosan JIDUda sport boshqaruvi kadrlarini tayyorlash, turli Milliy va Xalqaro sport federasiyalari bilan mustahkam aloqalar o‘rnatish, shuningdek, JIDU magistraturasida “Sport xuquqi” kafedrasini tashkil etish rejalashtirilgan.

Tadbir davomida so‘zga chiqqan MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov ushbu voqelik qanchalik ahamiyatli ekaniga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Biz professional sportimizni yanada rivojlantirish uchun sport boshqaruvi sohasida ham jahonning yetakchi mamlakatlari qatoriga kirib borishimiz kerak. Kelajakda universitet bilan hamkorlikni yanada rivojlantirib, malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha ish olib boramiz. Buning uchun universitetning iqtidorli talabalarini yirik xalqaro musobaqalarda delegasiyamiz bilan birgalikda faoliyat olib borishi kabi keng imkoniyatlar yaratib beramiz. Sport huquqi va boshqaruvi bo‘yicha mutaxassis kadrlar yurtimiz sportini yangi bosqichga olib chiqishda muhim o‘rin tutadi”, – dedi Umid Ahmadjonov.

Shundan so‘ng, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti birinchi prorektori Matyokub Baqoyev va Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov “Sportda boshqaruv kadrlarini tayyorlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida”gi memorandumni imzolashdi.

Mazkur memorundum talabalar o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb qilishda muhim ahamiyatga ega. Tadbirni universitet rahbariyati, MOQ, O‘FA mutasaddilari, sportimiz faxriylari, Abdullo Tangriyev, Murodjon Ahmadaliyev, Bahodir Jalolov, Shohjahon Ergashev, Iroda To‘laganova kabi o‘zbek sporti yulduzlari, talabalar hamda Ommaviy axborot vositalari xodimlari katta qiziqish bilan kuzatib borishdi.

Ta’kidlash joiz, memorandum imzolanishidan avval har ikki tomon tor doirada uchrashuv tashkil qilib, kelajakda bunday hamkorlikni yanada chuqur yo‘lga qo‘yish nuqtai nazaridan kelishuvga erishishdi. JIDU talabalari sohalari bo‘yicha o‘z amaliyotlarini O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida olib borishlari mumkinligi, universitetda esa Ektor Kuper, Lyubinko Drulovich kabi yurtimizda faoliyat olib borayotgan jahonga mashhur murabbiylar yoki o‘zbek sporti yulduzlari ishtirokida uchrashuvlar tashkil qilish shular jumlasidandir.

Xabaringiz bor, O‘zbekiston 2030 yilgi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilishni rejalashtirmoqda. Bugun imzolangan memorandum bo‘lajak yirik kompleks musobaqaga munosib tayyogarlik ko‘rish yo‘lida har tomonlama ilg‘or kadrlarni yetishtirib berishi bilan yanada ahamiyatlidir.

Tadbir davomida martabali mehmonlar Universitet rahbariyati hamrohligida JIDU kutubxonasiga tashrif buyurishdi. Umid Ahmadjonov kutubxonaga Axbor Imomxo‘jayevning yaqinda nashrdan chiqqan va o‘zbek futbolining 100 yilligiga bag‘ishlab chop etilgan “Asr futbolidagi asl qadrdonlarim” hamda MOQning “Olimp sari” kitoblaridan sovg‘a qildi. O‘z navbatida universitet rahbariyati kutubxonada Milliy olimpiya qo‘mitasi burchagini tashkil qilish haqida ta’kidlab o‘tishdi.

Shuningdek, JIDU sport maydonchasida sportning mini-futbol, tennis va voleybol turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilari va mehmonlar talaba sportchilar o‘rtasidagi musobaqalarni tomosha qilishdi.

E’tiboringizga ushbu tadbirdan fotosuratlarni havola qilamiz:

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 18:08, 03.05.2019.
O'qildi: 3392 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.