Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Havaskor triatlonchilar Respublika chempionati doirasida bahs olib borishdi

Havaskor triatlonchilar Respublika chempionati doirasida bahs olib borishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabar berganimizdek, bugun Toshkentda triatlon bo‘yicha havaskorlar o‘rtasida Respublika turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqani tashkil qilishdan ko‘zlangan maqsad terma jamoa uchun zahira sportchilarni saralab olishdan tashqari, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularni sportga keng jalb qilishdan iboratdir. May oyi O‘zbekiston MOQ tashabbusi bilan yurtimizda “Sport oyligi” deb e’lon qilingan. Ushbu musobaqa ham mana shu oylik doirasida aholini ommaviy sportga jalb qilishda o‘z ahamiyatiga ega. Mazkur musobaqa O‘zbekiston triatlon federasiyasi, “I Love Supersport” Xalqaro sport maktabi va “Coca-Cola” kompaniyasi tomonidan tashkillashtirilgan bo‘lib, unda Respublikamizning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan ishtirokchilar g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

Ma’lumki, triatlon o‘zida sportning 3 yo‘nalishini qamrab olgan. Bellashuvlar havaskorlar o‘rtasida o‘tishi inobatga olinib, ishtirokchilar 750 metrga suzish, 20 kilometrga velopoyga va 5 kilometrga yugurish bo‘yicha bahs olib borishdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra, Andrey Sharipov erkaklar o‘rtasida marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi. Uning qayd etgan natijasi 1 soat, 5 daqiqayu 21 soniyani tashkil qildi. Ayollar o‘rtasida 1 soat, 30 daqiqa, 53 soniya natija ko‘rsatgan Olga Pankratova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ta’kidlash joiz, ushbu turnir iyul oyida Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida o‘tuvchi “IRONMAN 70.3 Astana” turniri oldidan saralash vazifasini ham o‘tab berdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 05:01, 06.05.2019.
O'qildi: 1913 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик