Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Musobaqalarda 154 oila ​ishtirok etdi​

Musobaqalarda 154 oila ​ishtirok etdi​

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar
Buxoroda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasi tomonidan Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil etilgan respublika oilaviy spartakiada musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.   Korxona, tashkilot va muassasalar xodimlari, ishchi-xizmatchilari hamda ularning oila a’zolarini sportning ommaviy turlariga jalb etish orqali mehnat faoliyati samaradorligini oshirishga ko‘maklashish, kasb kasalliklaridan muhofaza qilish, yoshlarning jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mazkur spartakiadaga qatnashuvchilarning soni ortmoqda.    Tadbirning quyi tarmoqlararo tuman va shahar bosqichida 154 oila sportning yugurish, akrobatika elementlari, to‘pni nishonga otish, chaqqonlik va merganlik estafetalari, “Mohir o‘yinchi”, “Ovchilar va quyonlar”, “Qaddimizni rostlaymiz, sakrashni boplaymiz” o‘yinlari, ko‘pkurash, arqon tortish musobaqalarida ishtirok etdi.   Ular orasidan saralangan 15 jamoa viloyat musobaqasiga yo‘llanma oldi. Uning qiziqarli va murosasiz kechgan bellashuvlarida Romitan tumanilik Azamat Qo‘shayev oilasi g‘olib chiqib, spartakiadaning mamlakat bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.   – Sog‘lom turmush tarzining o‘zagini tashkil etadigan sport hayotimizning ajralmas qismiga aylanmoqda, – deydi g‘olib jamoa a’zosi, 4-o‘rta umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Mohigul Qozoqova. – Oilamizda sportni hamma yaxshi ko‘radi. Bo‘sh vaqtimizda maktab stadionida badantarbiya, yugurish bilan shug‘ullanamiz. 12 yoshli o‘g‘limiz Jahongir Buxoro shahridagi olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ta’lim oladi.   Spartakiada g‘olib va sovrindorlari viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining qimmatbaho sovg‘alari va diplomlar bilan mukofotlandi. Shuningdek, “Eng chaqqon oila”, “G‘alabaga bo‘lgan intilishi yuksak oila”, “Eng faol oila” nominasiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar taqdirlandi.
Manba: UZA
Kiritildi: 10:59, 10.05.2019.
O'qildi: 1475 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.