Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Tokio-2020 Olimpiadasi tashkiliy qo‘mitasining vise-prezidenti Toshkentga keldi

Tokio-2020 Olimpiadasi tashkiliy qo‘mitasining vise-prezidenti Toshkentga keldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining tashkiliy qo‘mitasi vise-prezidenti Toshiaki Endo yurtimizda mehmon bo‘lib turibdi.

Kunchiqar yurt vakillari boshchiligidagi delegasiya bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi. Martabali mehmonni MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov kutib oldi. Har ikki tomonning o‘zaro suhbat jarayonida MOQ rahbariyati va mutasaddilari, Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Nabuaki Ito, shuningdek, qator OAV vakillari ham ishtirok etishdi.

Umid Ahmadjonov keng doiradagi suhbat davomida mehmonning yurtimizga qilgan tashrifidan behad mamnun ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Sizni Toshkentda ko‘rib turganimizdan behad mamnunmiz. Tokioga qilgan tashrifimda Olimpiada tashkilotchilarining musobaqaga olib borayotgan tayyogarligini ko‘rib hayratda qolgan edim. Biz ham 2030 yili Osiyo o‘yinlarini O‘zbekistonda o‘tkazmoqchimiz. Musobaqani yuqori saviyada tashkil etishda sizlarning bu boradagi tajribangiz bizga kerak bo‘ladi. Biz Yaponiya Olimpiya qo‘mitasi va Yaponiya futbol assosiasiyasi bilan o‘zaro hamkorlik borasida memorandum imzolaganmiz va bu borada izchil ishlar olib borilmoqda. Olimpiya o‘yinlari oilasiga kirgan yapon sport turlari bo‘yicha milliy federasiyalaringiz bilan ham hamkorlik qilish rejamiz bor. Albatta, bunda sizning ko‘magingiz as qotadi. Shunindek, Olimpiadaga olib borilayotgan tayyorgarlikni o‘zbek xalqiga ko‘rsatish maqsadida jurnalistlarimizni Tokioga jo‘natishni niyat qilganmiz. Ularning mamlakatdagi mavjud sport infratuzilmasi va Olimpiada uchun maxsus bunyod etilgan ob’ektlar bilan yaqindan tanishishida ham yordamingiz kerak bo‘ladi. Bizning niyatimiz Tokioda bo‘ladigan Olimpiada sportimiz tarixida o‘chmas iz bo‘lib qolishini ta’minlash”, – dedi Umid Ahmadjonov.

O‘z navbatida yaponiyalik mehmon xam so‘zi avvalida bunday tashrifdan xursand ekani va uni iliq kutib olishgani haqida gapirib berdi.

“O‘zbekistonga yana bir bor tashrif buyurganimdan mamnunman. Bu mening ikkinchi tashrifim. 6 yil avval Tokio XXXII yozgi Olimpiadaga mezbon bo‘lishi e’lon qilingandi. Mana, musobaqa boshlanishiga ham 441 kun qoldi. Darhaqiqat, butun mamlakatda tayyogarlik juda ham yuqori darajada olib borilmoqda. Bu haqda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax ham Tokioga kelganida alohida ta’kidlab o‘tdi. Dzyudo va karate sport turlaridagi hamkorlik bo‘yicha Yaponiya Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan gaplashaman va o‘ylaymanki, bu borada hech qanday muammo bo‘lmaydi. Qolgan sport turlaridagi har qanday taklifingiz bo‘yicha elchixonamiz sizga yordam beradi. May oyining oxiri va iyun boshlarida Olimpiadadan avval qator ob’ektlarida bir nechta sport turlari bo‘yicha test musobaqalari o‘tkaziladi. O‘zbek jurnalistlarining tashrifi uchun eng ma’qul vaqt shu bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman. Sinov musobaqalari va tayyogarlik jarayonini ko‘zdan kechirishda jamoam sizlarga yordam berishga tayyor. Xususan, sizning o‘zingizni ham Tokioda kutib qolaman”, – dedi Toshiaki Endo.

Shuningdek, suhbat davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, har ikki mamlakat terma jamoalari o‘rtasida qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish, tajriba almashish, murabbiylar malakasini oshirish masalalarida ham fikr almashdilar.

 

Suhbat yakunida ikki tomon vakillari o‘zaro sovg‘alar almashib, esdalik uchun suratga tushishdi. Shuningdek, martabali mehmon MOQ muzeyiga tashrif buyurib, o‘zbek sportinin tarixi bilan yaqindan tanishdi.

Toshiaki Endo kunning ikkinchi yarmida yaqinda qurib bitkazilgan «Humo» sport kompleksini ko‘zdan kechiradi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 12:14, 10.05.2019.
O'qildi: 2239 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик