Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 06:00 Argentina 1-1 Ekvador
05/07 21:00 Ispaniya 2-1 Germaniya
06/07 00:00 Portugaliya 0-0 Fransiya
06/07 06:00 Venesuela - Kanada
06/07 21:00 Angliya - Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya - Turkiya
07/07 03:00 Kolumbiya - Panama
07/07 06:00 Urugvay - Braziliya

«Yosh yong‘in o‘chiruvchi» musobaqasining respublika bosqichiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

«Yosh yong‘in o‘chiruvchi» musobaqasining respublika bosqichiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Sport musobaqasining respublika bosqichi joriy yilning 30 may kunidan - 2 iyun kuniga qadar Jizzax shahrida o‘tkaziladi. 31 may kuni musobaqaning tantanali ochilish marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumki, navqiron davlatimiz yoshlar mamlakati hisoblanadi. Shu sababli istiqlol yillarida yosh avlodni komil, har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Eng quvonarlisi, bu masala davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

«Yosh yong‘in o‘chiruvchi» va «O‘zbekiston Respublikasi IX Chempionati» musobaqalarining respublika bosqichiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Yosh avlodni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazishda sportning o‘rni beqiyos. Shu bois mamlakatimizda yoshlar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish, ularning sport bilan shug‘ullanishi uchun keng imkoniyat va sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Respublikamizda umumta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan «Yosh yong‘in o‘chiruvchi» va «O‘zbekiston Respublikasi chempionati» musobaqalari ham shular jumlasidandir.

Ushbu musobaqalarni o‘tkazib kelinishi bilan, o‘quvchilarni yong‘in o‘chiruvchi kasbiga qiziqtirish, ushbu yo‘nalishda targ‘ibot-tashviqot ishlarini keng ko‘lamda olib borilishini ta’minlash, o‘quvchilarni yong‘in xavfsizligi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari hamda jismoniy tayyorgarligini oshirish, yong‘in xavfsizligi xizmatiga munosib, jismonan sog‘lom va jasur o‘smirlarni tayyorlashda, yong‘in chog‘ida to‘g‘ri harakat qila bilish ko‘nikmalari va mahoratini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega.

Mazkur musobaqaning birinchi bosqichi joriy yilning 1-15 aprel kunlari tuman-shahar miqyosida har bir umumta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilib, ushbu bosqichda o‘quvchilar orasidan umum jismoniy tayyorgarlik, ya’ni turnikda tortilish, 100 hamda 1000 metrga yugurish turlari bo‘yicha eng yaxshi natijalarni ko‘rsatganlar aniqlandi. G‘olib va sovrindorlar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanib, tuman-shahar terma jamoasi shakllantirildi va ikkinchi, ya’ni viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma oldilar.

Musobaqaning ikkinchi bosqichi joriy yilning 1-18 may kunlari nazariy shartga ko‘ra ishtirokchilarning yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bilim saviyalari test sinovlari asosida hamda amaliy shartlarga ko‘ra «100 metrga to‘siqlar osha yugurish», «Ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasiga ko‘tarilish» hamda «Yong‘in o‘chiruvchilar estafetasi» turlari bo‘yicha o‘tkazilib kelinmoqda. Albatta ushbu bosqichda ham g‘olib va sovrindorlar medal, diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanmoqdalar hamda viloyat terma jamoasi shakllantirilib, uchinchi bosqichda, ya’ni respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma oladilar.

Sport musobaqasining respublika bosqichi joriy yilning 30 may kunidan - 2 iyun kuniga qadar Jizzax shahrida o‘tkaziladi. 31 may kuni musobaqaning tantanali ochilish marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari hamda Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining rahbariyati, unda viloyat hokimligi, boshqa jamoatchilik vakillari ishtirok etishadi. Ushbu ochilish marosimida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning va Favqulodda vaziyatlar vazirligi kuch va vositalarining ko‘rgazmali chiqishlari hamda taniqli xonandalar tomonidan konsert dasturi tashkil etiladi.

O‘ylaymizki, bu kabi musobaqalar yosh yong‘in o‘chiruvchilarimizni yong‘in o‘chirish vositalarini tezkorlik va chaqqonlik bilan qo‘llab, insonlar hayotini qutqarish, mol-mulklarni asrab qolishga, vatan va xalq oldidagi burchlarini bajarishga, jismonan sog‘lom, chaqqon va chidamli qilib tarbiyalashga xizmat qiladi.

Bir vaqtning o‘zida qiziqarli ham foydali va murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan musobaqalarni guvohi bo‘lishga taklif etamiz.

Manba: Uzreport
Kiritildi: 14:50, 10.05.2019.
O'qildi: 1371 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.