Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Umid Ahmadjonov JCHdan avval taekvondochilarimiz bilan uchrashdi

Umid Ahmadjonov JCHdan avval taekvondochilarimiz bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

15-19 may kunlari Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida taekvondo bo‘yicha kattalar o‘rtasida navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Tokio Olimpiadasiga qimmatli eng yirik reyting ochkolarini taqdim etuvchi mazkur musobaqa butun sport jamoatchiligining e’tiborida bo‘lishi tabiiy.

Ushbu jahon chempionatiga O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham puxta tayyorgarlik ko‘rishdi. Bugun O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov O‘zbekiston taekvondo assosiasiyasida musobaqada ishtirok etuvchi sportchi va murabbiylarimiz bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda O‘zbekiston taekvondo assosiasiyasi rahbariyati, sportchilar va murabbiylar, O‘zbekiston MOQ mutasaddilari ishtirok etishdi.

Taekvondochilarimiz doimo yuqori natijalarni qayd etib kelishgan. Ishonamizki, sizlar ham bo‘lajak dunyo birinchiligida yurtimiz sharafini munosib himoya qila olasizlar. Buning uchun Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomonidan qanday yordam kerak bo‘lsa, biz sizlarga yaratib beramiz. Shuningdek, musobaqada sovrindor bo‘lgan sportchilarga MOQ alohida pul mukofotini va’da qiladi. Oltin medal egasiga 30 ming, kumush medal sohibiga 20 ming va uchinchi o‘rin egasiga 10 ming AQSH dollari miqdorida pul mukofoti beriladi. Sizlarni qo‘llab-quvvatlash uchun biz ham Manchesterga boramiz. Nasib qilsa, birgalikda yorug‘ yuz bilan qaytamiz”, – dedi Umid Ahmadjonov.

Mazkur jahon chempionatida quyidagi 12 nafar taekvondochimiz yurtimiz sharafini himoya qilishadi:

Erkaklar:
-54 kg: Valentin Xegay
-58 kg: Suhrob Bobobekov
-74 kg: Nikita Rafalovich
-80 kg: Shuhrat Salayev
-87 kg: Maksim Rafalovich
+87 kg: Dmitriy Shokin

Ayollar:
-49 kg: Madinabonu Mannopova
-53 kg: Charos Qayumova
-58 kg: Zariya Qosimova
-62 kg: Feruza Sodiqova
-67 kg: Nigora Tursunqulova
+73 kg: Svetlana Osipova

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:18, 11.05.2019.
O'qildi: 2283 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.