Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Armiya qo‘l jangi bo‘yicha kuchlilar saralandi

Armiya qo‘l jangi bo‘yicha kuchlilar saralandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar
Mudofaa vazirligi sport klubida armiya qo‘l jangi bo‘yicha Ochiq saralash musobaqasi bo‘lib o‘tdi.   Unda barcha harbiy okruglar, Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari hamda Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonliklari, shuningdek, respublikamizdagi oliy harbiy ta’lim muassasalaridan jami 138 nafar harbiy sportchi 13ta jamoa tarkibida o‘zaro bellashdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati O‘zAga ma’lum qildi.   Yakuniy natijalarga ko‘ra, Toshkent harbiy okrugi jamoasi 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2-o‘rin Markaziy harbiy okrug sportchilariga nasib etdi. Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug jamoasi esa 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.   VF5A9541 (2).jpg   Musobaqa g‘oliblari:   • Ramazon Temirov — Toshkent harbiy okrugi (-60 kg); • Elyor G‘ofurov — Toshkent harbiy okrugi (-65 kg); • Behruz Akbarov — Toshkent harbiy okrugi (-70 kg); • Husniddin Mamajonov — Markaziy harbiy okrug (-80 kg); • Bekzod Nurmatov — Qurolli Kuchlar akademiyasi kursanti (-85 kg); • Sherali Muhammadaminov — Toshkent harbiy okrugi (-90 kg); • Ulug‘bek Karimov — Markaziy harbiy okrug (+90 kg).   Musobaqa g‘oliblari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanib, MDHga a’zo mamlakatlar do‘stona armiyalarining spartakiadasi doirasida o‘tkaziladigan armiya qo‘l jangi bo‘yicha chempionatga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.   Ta’kidlash kerak, o‘tgan yilning sentyabr oyida Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar do‘stona armiyalarining spartakiadasi doirasida Toshkentda o‘tkazilgan armiya qo‘l jangi chempionatida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Bu yilgi xalqaro darajadagi musobaqa Qozog‘istonda o‘tkazilishi kutilmoqda.   VF5A9545 (2).jpg   VF5A9560 (2).jpg  
Manba: UZA
Kiritildi: 09:26, 14.05.2019.
O'qildi: 1956 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик