Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Andijonda Olimpiada chempioni Muhammadqodir Abdullayev boks maktabi tashkil etildi

Andijonda Olimpiada chempioni Muhammadqodir Abdullayev boks maktabi tashkil etildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, joriy yilning 19 mart va 3 aprel kunlari Prezidentimiz raisligida yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan 5 ta tashabbusni amaliyotga joriy etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilib, vazifalar belgilab berilgan edi.

Xususan, davlatimiz rahbari tomonidan hududlarda mashhur sportchilar maktablarini tashkil etish orqali yoshlarni ommaviy sportga jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan edi.

Shunday muassasalardan biri sifati Andijon viloyati Bo‘z tumanidagi 6-umumta’lim maktabida 2000 yilgi Olimpiya o‘yinlari chempioni, jahon chempioni, ikki karra Osiyo chempioni Muhammadqodir Abdullayev boks maktabi tashkil etildi.

Boks maktabi yoshlarning boks bilan shug‘ullanishlari uchun barcha zarur jihozlar bilan ta’minlandi. Yoshlarga ushbu sport turi sir-asrorlarini o‘rgatish uchun malakali mutaxassislar jalb qilindi.

15 may kuni o‘tkazilgan muassasaning ochilish marosimida Olimpiya o‘yinlari va jahon chempioni Muhammadqodir Abdullayev, boks bo‘yicha jahon chempioni va Olimpiya o‘yinlari sovrindori O‘tkirbek Haydarov, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyat hokimligi mutasaddilari, o‘quvchi-yoshlar va boshqalar ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqan Muhammadqodir Abdullayev yurtimizda sportga qaratilayotgan e’tibor kundan-kunga ortib borayotgani va yoshlarimiz shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratilayotganini ta’kidlar ekan ushbu muassasa ham tuman yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda bo‘lg‘usi chempionlarni tayyorlash niyatida tashkil etilganligini ma’lum qildi.

Manba: Minsport
Kiritildi: 11:46, 17.05.2019.
O'qildi: 2447 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик