Bugun Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida taekvondo bo‘yicha jahon chempionatining to‘rtinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur kun doirasida 3 nafar vakilimiz yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Ular orasida Nigora Tursunqulova, Charos Qayumova kabi yetakchi sportchilarimizni ko‘rish mumkin. Hamyurtlarimizning dastlabki raqiblari bilan tanishing:
-80 kg: Shuhrat Salayev – Nikolas Korten (Belgiya)
-53 kg: Charos Qayumova – Patrisiya Frois (Portugaliya)
-67 kg: Nigora Tursunqulova – Indra Krin (Belgiya) / Iris Vujakovich (Serbiya)