Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Qashqadaryoda talabalar o‘rtasida yugurish marafoni o‘tkazildi

Qashqadaryoda talabalar o‘rtasida yugurish marafoni o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

17 may kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari muassasalari talabalari o‘rtasida yugurish marafoni o‘tkazildi.

Musobaqa Prezidentimizning 2018 yil 18 dekabrdagi “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan beshta muhim tashabbusning ikkinchisi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur musobaqada Qarshi davlat universiteti, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali oliy o‘quv yurtlaridan 12000 nafarga yaqin talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar Mustaqillik shoh ko‘chasida joylashgan Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internatidan Amfiteatrgacha bo‘lgan masofani bosib o‘tishdi.

Yugurish natijalariga ko‘ra quyidagi talabalar marraga birinchilardan bo‘lib yetib kelishdi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida:

I o‘rin: Raxmatov Islombek (QarDU)

II o‘rin: Avazov Odil (QarDU)

III o‘rin: Jo‘rayev Botir (QarMII)

 

Qiz bolalar o‘rtasida:

I o‘rin: Jo‘rayeva Go‘zal (QarDU)

II o‘rin: Saidmurodova Gulbadan (QarMII)

III o‘rin: Meliqulova Mohichehra(QarDU)

Musobaqada o‘z irodalarini namoyon etib g‘olib hamda sovrindorlar qatoridan joy olgan yoshlar viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Manba: Minsport
Kiritildi: 00:53, 19.05.2019.
O'qildi: 2092 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик