Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

Ronaldu «Yuventus»dan ketishiga sha’ma qildi

Ronaldu «Yuventus»dan ketishiga sha’ma qildi

Baho:
+ | -1

Italiya «A seriya»sidagi «Atalanta» bilan bo‘lgan bahsdan so‘ng  Ronaldu mahalliy «Cacho Merkato» nashriga kichik, ammo o‘ta qiziqarli intervyu berdi. Biz esa saytimiz mushtariylari uchun ushbu intervyuni tarjima qildik.

“Bu ajoyib mavsum bo‘ldi. Bir-biridan qiziq  va shiddatli futbol uchrashuvlarini bizga taqdim etgan murosasiz mavsum o‘z yakuniga yetganidan biroz xafa ham bo‘ldim. «Yuventus» klubi men uchun juda katta tajriba maktabi bo‘ldi. Bu yerda juda ko‘p narsalarni o‘rgandim. Shu jumladan  yangi chempionatga ko‘nikib ketishni ham. Bu men uchun futboldagi eng muhim omillardan biri! Bu mavsumdagi ba’zi o‘yinlarni juda yuqori tempda o‘tkazdik. Ba’zilarini esa juda hunuk yakunladik. Shunday bo‘lsada, Turin mening qalbimda qoladi. Sababi, bu yerda ajoyib jamoadoshlar, mehribon klub rahbarlari va hech kimga o‘xshamaydigan futbol muxlislari bor. Ayniqsa, «Atletiko»ga qarshi kechgan  javob uchrashuvidagi fantastik o‘yinni hech qachon yodimdan chiqarmasam kerak. Men Italiya chempioni va «Super Kubogi» sohibi bo‘ldim. Albatta bu bilan to‘xtab qolmoqchimasman. Ayni daqiqalarda men bilan yangi marralarni zabt etishda yelkama-elka turgan do‘stlarimga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Shu joyda bu tarixni yakunlasam, adolatdan bo‘ladi. Endi navbat yangi tarix yaratishga!”

Aynan ushbu intervyudan so‘ng Ronaldu o‘z Tvitterida ochiqchasiga Madridga qaytishiga sha’ma qilgan holda  shahar ko‘chalarining suratini  joylashtirgancha rasmga  «Uyga qaytadigan vaqt bo‘ldi» deya izoh qoldirdi.

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:59, 21.05.2019.
O'qildi: 20381 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.