Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida boks sport turining taqdiriga aniqlik kiritilmoqda

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida boks sport turining taqdiriga aniqlik kiritilmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, bir necha oydan beri boksning Tokio Olimpiadasi dasturidan o‘rin olishi, yoinki, chiqib ketishi borasida ko‘plab savollar tug‘ilayotgan edi. Kecha Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax tashkilotning ijroqo‘m a’zolari bilan boksning Tokio Olimpiadasidan o‘rin olish masalasi va kvalifikasiya tizimi, bellashuvlarni qaysi tashkilot shafeligida o‘tkazilishi kabi masalalarga bag‘ishlgangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Unga ko‘ra, boks Tokio Olimpiadasi dasturidan o‘rin oladi, ammo shu paytgacha boks bellashuvlarini o‘tkazgan AIBA tashkiloti Olimpiadaning saralash tizimiga aralashmaydi va tashkilotning Olimpiya o‘yinlaridagi roli butunlay to‘xtatiladi. Ushbu yig‘ilishda boks bellashuvlarini XOQ tomonidan tashkil qilinadigan maxsus komissiya o‘tkazishi va unga Xalqaro gimnastika federasiyasi prezidenti Morinari Vatanabe rahbarlik qilishi borasida xulosaga kelindi. Tokio Olimpiadasi uchun avvalgidek umumiy hisobda 286 ta kvota ajratilgan. Bunda erkaklar o‘rtasida 8, ayollar o‘rtasida 5 vazn toifalarida bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. Biroq musobaqalar aynan qaysi vazn toifalarida o‘tkazilishi bo‘yicha aniq to‘xtamga kelinmagan.

Qayd etish joiz, bu yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati XXXII Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma bermaydi. Tokio Olimpiadasiga lisenziya beradigan musobaqalar kelasi yilning yanvar va may oylari oralig‘ida o‘tkaziladi. Biroq bunga mezbonlik qiladigan davlatlar va turnir sanalari bo‘yicha hozircha aniq to‘xtamga kelinmagan. Yuzaga kelayotgan barcha masalalar bo‘yicha yakuniy qaror 24-26 iyun kunlari Lozannada o‘tkaziladigan XOQning navbatdagi Sessiyasida e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun, Rio-2016 Olimpiya o‘yinlarida boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 10 nafar sportchi bilan bahslarda ishtirok etib, yakunda ularning yettitasi sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘lgandi. Natijada 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan O‘zbekiston terma jamoasi Olimpiya o‘yinlarini umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunlagandi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 09:43, 23.05.2019.
O'qildi: 2788 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик