Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

MOQ prezidenti tezkor yig‘ilish o‘tkazdi

MOQ prezidenti tezkor yig‘ilish o‘tkazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov bugun respublika sport federasiyalari va assosiasiyalar ishtirokida Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik yuzasidan tezkor yig‘ilish o‘tkazdi.

Bunga qadar MOQ rahbari 10 kun davomida barcha sport turlari bo‘yicha federasiya va assosiasiyalar faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqdi. Sport bazalari va u yerda yaratilgan sharoitlarni bevosita borib ko‘rdi. O‘zbekiston taekvondo assosiasiyasida bo‘lib o‘tgan bugungi yig‘ilishda ko‘rilgan asosiy masala aynan tekshiruv hulosalariga bag‘ishlandi. Mazkur yig‘ilishda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi vakillari, MOQ mutasaddilari, barcha federasiya va assosiasiyalar mas’ul rahbarlari, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etishdi.

Rustam Shoabdurahmonov bungacha ko‘zdan kechirgan barcha joylar yuzasidan o‘z xulosasini bildirar ekan, ba’zi federasiyalarda yaratilgan sharoitlarga salbiy baho berdi.

Mana, barcha federasiyalarning o‘quv-mashg‘ulot bazalariga tashrif buyurib, sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdik. Ahvol ijobiy emas. To‘g‘ri, bir qator federasiyalarimiz borki, ularda terma jamoamiz a’zolari uchun juda ham yaxshi sharoitlar yaratib berilgan. Lekin ko‘p joylarda hatto sportchilarning yashashi uchun elementar sharoit yo‘q. Hukumatimizga rahmat, bizdan kerakli moddiy yordamini ayamayapti. Biz esa o‘z navbatida fursatni boy bermay, zudlik bilan barcha sharoitlarni yaxshilab olishimiz zarur” – dedi MOQ rahbari.

Terma jamoalarimiz uchun xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etish, sportchilarimizning kuchli sparring raqiblar bilan bahslashib, mahoratini toblab borishi uchun kerakli sharoitlarni yaratib berish hususida fikr bildirar ekan R.SHoabdurahmonov shunday dedi:

Menga boks federasiyasidan Kuba terma jamoasi bilan qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish bo‘yicha taklif bildirishdi. Buni tegishli tashkilotlar bilan maslahatlashib hal qilamiz, kerakli sharoitlarni, albatta, yaratib beramiz. Qachongacha sportchilarimiz bir-birlariga qarshi sparring raqib bo‘lishadi? Marhamat, har bir federasiya mana shunday qiziqarli va yaxshi takliflar bilan chiqishsin. Milliy olimpiya qo‘mitasi sizlar uchun faoliyat olib boradi axir«, – dedi MOQ prezidenti.

Yig‘ilish davomida uzluksiz o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini ko‘proq tashkil qilish, ularning sifatiga e’tibor qaratish, moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlash borasidagi masalalar bo‘yicha mutassadilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. O‘z navbatida federasiya mas’ullari ham jahon standartlaridan kelib chiqqan holda o‘z taklif va mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 19:04, 30.05.2019.
O'qildi: 3566 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.