Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Jasur Jaloliddinov: «Drulovich – Yevropa futbolini bizning futbolga moslashtirayotgan murabbiy»

Jasur Jaloliddinov: «Drulovich – Yevropa futbolini bizning futbolga moslashtirayotgan murabbiy»

Baho:
+ | -2

O‘zbekiston OTJ va Misr OTJ o‘rtasida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng terma jamoamiz yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov saytimiz uchun  qisqa intervyu berdi.

- Uchrashuvga to‘xtaladigan bo‘lsam, o‘yin biz xohlagandek kechdi. Uchrashuv oldidan nima reja qilgan bo‘lsak barchasi amalga oshdi. Mana shu 12 kunlik yig‘inda murabbiylar bizga nimalarni o‘rgatgan bo‘lishsa Misrga qarshi o‘yinlarda bular amalga oshdi.

Raqib haqida fikr bildirsam, Misr ham kuchli jamoa ekan har doim ochiq futbol taklif qilarkan. Andijondagi ham Namangandagi o‘yin ham qiziqarli o‘tdi deb o‘ylayman.

Drulovich umuman boshqacha murabbiy ekan. Yevropa futbolini bizning futbolga moslashtirayotgan murabbiy desam adashmagan bo‘laman. Mazkur yig‘indan o‘zimga kerakli bo‘lgan ko‘p narsalar oldim. Drulovich maydonda ko‘zga tashlanmagan mayda xatolarimni ko‘rsatib berdi. Hali xatolarim ko‘pligini tushunib yetdim. Umumiy qilib aytganda bu yig‘indan ko‘nglim to‘ldi, sababi men OTJdagi debyutimni nishonladim.

Jaloliddin Qobiljonov yozib oldi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:08, 13.06.2019.
O'qildi: 3686 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик