Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza 1-2 Monpelye
03/05 23:45 Torino 0-0 Bolonya
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada

Ronaldu yoki Azar? «Real Madrid» futbolchilari javob berishdi

Ronaldu yoki Azar? «Real Madrid» futbolchilari javob berishdi

Baho:
+ | -1

Hozirda Eden Azarning «Real Madrid» klubida qanday rolda paydo bo‘lishi ko‘pchilikni qiziqtirmoqda. Darhaqiqat, Ronaldudan so‘ng jamoaning hujumkorligiga javob berishi kutilayotgan Belgiyalik futbolchi yangi klubida tutgan o‘rni qanday bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Bugun «Real Madrid» futbolchilari  bu ikki futbolchidan qay biri bilan jamoadosh bo‘lishni ko‘proq xohlashlari bilan qiziqdik.

Serhio Ramos

O‘ylashimcha bu ajoyib tanlov bo‘ldi. Azar dunyo darajasidagi yulduz. Uning transferi bizga jamoani kuchaytirishda qo‘l kelishi aniq. Oldimizda katta vazifalar mavjud. Eden vazifalarni bajarishda va g‘alabalarni qo‘lga kiritishimiz uchun omad kaliti bo‘ladi degan fikrdaman.
Ronalduga to‘xtalib o‘tirish niyatim yo‘q. U o‘tmishda qoldi. Endi biz usiz maydonda harakat qilishimiz shart. Shunday bo‘lsada, jamoamizning tarkibi Krishsiz ham yomon emas.  Eden Azar ham Ronaldu singari super yulduzga aylanadi. Sababi, bizning jamoaga kelgan yulduzlarning barchasi o‘z pozisiyasida keyinchalik tengsizga aylanishadi. Bizda g‘oliblik ruhi mavjud!

Karim Benzema

Azar meni dunyodagi eng kuchli hujumchi deb ataganidan hursandman, biroq bu meni sustkashlikka yo‘l qo‘yishimga imkon bermasligi zarur. Men Azar singari futbolchi bilan kuchayib olganimizdan hursandman. Biz yangi mavsumda avvalgisidan farqli o‘laroq katta tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Azarning kelishi biz uchun foyda bo‘ldi.
Ronalduning ortga qaytishi borasidagi mish-mishlarga ishonishning xojati yo‘q. Endilikda bizda super yulduz mavjud va yana bir uning darajasidagi futbolchini klubga jalb qilishdan ma’ni yo‘q deb hisoblayman.

Varan

Azar va Pogba singari kuchli futbolchilarga «Real Madrid»da doimo joy topiladi. Shunday bo‘lsada, bizning jamoada raqobat kuchli ekanligini unutmaslik lozim. Azar hozirda o‘zining eng pik formasiga chiqib kelmoqda. Men uni juda yaxshi bilaman. JCH 2018 musobaqasida Belgiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishdan avval biz Azarni zararsizlantirish maqsadida alohida strategiya tanlashga majbur bo‘lgan edik. Hozirda Ronaldu bilan uni solishtirishning deyarli iloji yo‘q. Azarning o‘yin uslubi ko‘proq Messini eslatib yuboradi. U himoychilarni osonlik bilan aldab o‘tsa,  Ronalduning o‘z ko‘zerlari mavjud. Ularning qay biri kuchliroq formada ekanligini aytish mushkul.

Modirich

To‘g‘risi, Ronaldu va Azarni solishtirishdan hech qanday foyda yo‘q. Krish «Real Madrid»da katta yutuqlarga erishgan va uni muxlislar haligacha qattiq hurmat qilishadi. Shu jumladan sobiq jamoadoshlari ham uning o‘rni bo‘shab qolganini darrov sezishdi.

Eden Azarga to‘xtaladigan bo‘lsam, u «Real Madrid»ga munosibligini avvalo isbotlashi zarur. Eng qizig‘I shundaki, u mening 10-raqamimni hazillashib so‘radi. Bu hazil bo‘lsada, uning so‘zlash ohangidan jiddiylik ufurib turgan edi. Men uning hazilomuz savolidan biroz o‘ylanib qoldim. Shuni aytishim mumkin-ki, men o‘z raqamimni nafaqat Azarga, balki boshqa futbolchiga ham bermoqchi emasman.

Marselo

Azar ajoyib futbolchi, lekin u «Real»ning yetakchisiga aylanishiga ishonish qiyin. Ronaldu bilan jamoa boshqacharoq o‘yin namoyish etar edi. Ronaldu tug‘ma yetakchi! Uning o‘rnini bosishning iloji yo‘q! O‘ylashimcha, dunyodagi istalgan klub uni o‘z safida ko‘rishni orzu qilsa, ajab emas. Afsuski, klubingizni dunyoning eng kuchli futbolchisi tark etsa, uni o‘rnini hech kim bosa olmasligini his qilasiz va uni tinmay sog‘ina boshlaysiz. Biz u bilan nafaqat jamoadosh, balki do‘st ham edik.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 20:38, 16.06.2019.
O'qildi: 21612 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.