Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Metallurg» – «Nasaf». Prevyu

«Metallurg» – «Nasaf». Prevyu

Baho:
+ | -

Mamlakat XXVIII milliy chempionatining 12-turida “Metallurg” o‘z maydonida Superliganing nomdor jamoalaridan – Qarshining “Nasaf” klubini qabul qiladi.

Mazkur jamoalar bugungacha kuchlilar safida o‘zaro 42 ta uchrashuv o‘tkazishgan. Shulardan 26 tasida qarshiliklar g‘alaba qozonishgan bo‘lishsa, 10 uchrashuvda “Metallurg” “Nasaf”ni taslim etgan. 6 ta o‘yinda esa g‘olib jamoa nomi aniqlanmagan, kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati “Nasaf” foydasiga 72:34. O‘zaro o‘yinlarda “Nasaf” 84 ochkoli bo‘lgan, “Metallurg” esa 36 ochko jamg‘argan.

“Nasaf”ning Bekobod klubi ustidan qozongan yirik g‘alabasi – 7:0 (2004) ga teng. “Metallurg” esa ushbu raqibini 3:0 (2002) hisobida mag‘lub eta olgan.

Bekobodda bo‘lib o‘tgan so‘nggi olti uchrashuv:
12.06.2018 «Metallurg» – «Nasaf» 2:2
26.05.2017 «Metallurg» – «Nasaf» 1:0
16.05.2016 «Metallurg» – «Nasaf» 1:0
30.09.2015 «Metallurg» – «Nasaf» 0:1
12.09.2014 «Metallurg» – «Nasaf» 0:2
29.09.2013 «Metallurg» – «Nasaf» 2:1

Qashqadaryo viloyati markazi sharafini himoya etuvchi mazkur klubga 1985 yilda asos solingan. Jamoa dastlabki mavsumlarni “Geolog” nomi ostida o‘tkazgan. 1992 yilda “Paxtachi”, 1993-95 yillarda “Nasaf”, 1996 yilda “Dinamo-Nasaf” nomi bilan musobaqalarda ishtirok etgan. 1997 yildan shu kunga qadar oliy liga bahslarida “Nasaf” nomi bilan qatnashib kelayapti. Klub qisqa fursat ichida juda boy tarixga ega bo‘ldi. 2011 yilda mamlakat vise-chempionligiga erishdi. Milliy birinchiligimizda eng ko‘p – 10 marta bronza medali bilan taqdirlandi. O‘zbekiston kubogi sohibi – 2015 yil. Besh marta kubok o‘yinlarining finalchisi. 2001/2002 yillarda Osiyo chempionlari kubogi musobaqasida yarim finalgacha yetib borgan bo‘lsa, 2011 yili OFK kubogini qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari 2016 yilda O‘zbekiston Superkubogiga ham sazovor bo‘lgan. Ikki marta (2002, 2011 yillar) OFKning “Halol o‘yin” sovrinini qo‘lga kiritgan.

Milliy chempionatlarimizda klub sharafini eng ko‘p o‘yinda himoya etgan futbolchisi Ro‘ziqul Berdiyev sanaladi. Bugungi kunda bosh murabbiylik lavozimida ishlab kelayotgan R.Berdiyev 314 o‘yinda futbolchi sifatida maydonga tushgan. Jamoa to‘purari Zafar Xolmurodov. U raqiblari darvozasiga 181 ta gol urgan. Bitta mavsum bo‘yicha ham eng yaxshi ko‘rsatkich Zafar Xolmurodovga tegishli – 30 ta gol, 2000 yil.

Jamoaning eng yirik hisobdagi g‘alabasi – 8:1 (2004 yil – “Andijon”), 7:0 (2004 yil – “Metallurg”). Eng yirik mag‘lubiyati esa – 0:6 (1998 yil – “Andijon”). Eng sermahsul uchrashuv esa 2006 yili “Xorazm” jamoasiga qarshi kechgan uchrashuv bo‘lgan – 9:3.

“Nasaf” oliy ligada bugungacha 661 ta o‘yin o‘tkazgan: 365 ta g‘alaba, 128 ta durang, 168 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Raqiblar darvozasiga 1180 ta gol kiritgan holda, o‘z darvozalari to‘ridan 733 ta to‘p olib chiqishgan.

Kiritildi: 09:54, 21.06.2019.
O'qildi: 5199 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.