Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

“Qo‘qon-1912” – “Paxtakor”: o‘zaro o‘yinlar tarixidan

“Qo‘qon-1912” – “Paxtakor”: o‘zaro o‘yinlar tarixidan

Baho:
+ | -

Coca Cola Superligasi 13-tur doirasidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Paxtakor” uchrashuvi 29 iyun kuni Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

O‘zaro o‘yinlar

Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 26 marta to‘qnash kelishgan.

O‘yinlarning 5 tasida vakillarimiz zafar quchishgan, 14 ta bahsda “Sherlar”ning qo‘li baland kelgan. Yettita uchrashuvda durang natija qayd etilgan.

To‘plar nisbati – 69-37, “Paxtakor” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Qo‘qon-1912” 22 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Paxtakor”ning ochkosi 49 tani tashkil etadi.

Qo‘qonda o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuv

12.08.2018 «Qo‘qon-1912» - «Paxtakor» 1:1
06.05.2017 «Qo‘qon-1912» - «Paxtakor» 1:1
08.08.2016 «Qo‘qon-1912» - «Paxtakor» 1:1
05.07.2015 «Qo‘qon-1912» - «Paxtakor» 2:2
02.11.2003 «Qo‘qon-1912» - «Paxtakor» 3:2

Fakt: Qo‘qonda o‘tkazilgan so‘nggi beshta uchrashuvda “Paxtakor” futbolchilari g‘alaba qozona olishmayapti.

Hakamlar
29 iyun kuni Qo‘qondagi “Markaziy” o‘yingohda bo‘lib o‘tadigan “Qo‘qon-1912” – “Paxtakor” uchrashuvini Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib borishadi.

Coca-Cola Superliga
13-tur
29 iyun
QO‘QON-1912 - PAXTAKOR
Hakamlar: Vadim Agishev, Rasul Fozilov, Maksim Nexochin, G‘ayrat Jo‘rayev
Nazoratchi: Artyom Arutyunov
Komissar: Aleksandr Davidenko

415-uchrashuv arafasida

«Qo‘qon-1912» jamoasi O‘zbekiston chempionatlaridagi 415-o‘yinini o‘tkazish arafasida turibdi. 14-mavsum kuchlilar safida ishtirok etayotgan qo‘qonliklar shu kunga qadar 414 ta uchrashuv o‘tkazishga muvaffaq bo‘lishdi.

Shularning 146 tasida jamoamiz g‘alaba qozongan. 65 uchrashuvda g‘olib nomi aniqlanmagan. 203 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan. To‘plar nisbati 550 – 755. Umumiy ochkolar 503 tani tashkil etadi.

Aytgancha, Suhrob Berdiyevning “So‘g‘diyona” darvozasiga kiritgan ikkinchi goli jamoamizning milliy chempionatlardagi 550-goli sifatida tarixda qoladigan bo‘ldi.
Coca Cola Superligasi 13-tur doirasidagi “Paxtakor” bilan bo‘ladigan uchrashuv jamoamizning O‘zbekiston chempionatlardagi 415-o‘yini bo‘ladi.

Boshlanish vaqtlari
"Qo‘qon-1912" – “Paxtakor” uchrashuvi, shanba kuni Qo‘qon shahridagi “Markaziy” o‘yingohda soat 18:00 da start oladi. Bugun esa ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari U-21 birinchiligi 13-turida maydonga tushishadi. Mazkur o‘yin Uchko‘prikdagi “Markaziy” stadionda soat 17:30da boshlanadi.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 08:43, 28.06.2019.
O'qildi: 2120 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик