Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

International Champions Cup. «Real» penaltilar seriyasida «Arsenal»ni mag‘lub etdi (videosharh)

International Champions Cup. «Real» penaltilar seriyasida «Arsenal»ni mag‘lub etdi (videosharh)

Baho:
+ | -1

Xalqaro chempionlar kubogi musobaqasi doirasida "Real" va "Arsenal" klublari to‘qnash kelishdi.

Uchrashuvning boshidayoq madridliklar o‘ng qanot himoyachisi Nacho ikkita qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va ikkita sariq kartochka oqibatida maydonni tark etdi. Dastlab Lyakazett penaltidan samarali foydalangan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmasdan Obameyang yakkama-yakka vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi.

Bo‘lim tugamasidan "qovun tushirish" navbati "Arsenal" himoyachisi Papastatopulosga keldi. U ikki daqiqa ichida ikkita "sariq" olib, maydonda son jihatda jamoalarni "tenglashtirib" qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa Zidan shogirdlari ikkita chiroyli hujum tashkil qilishdi va raqib darvozasini ikki marta ishg‘ol qilishdi. Dastlabki golni Beyl, ikkinchisini esa Asensio o‘z hisobiga yozdi.

"Arsenal" g‘alabani ilib ketishi ham mumkin edi, ammo o‘yinning so‘nggi daqiqalarida "kanonirlar"ning yosh futbolchisi ikkita qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.

Reglamentga ko‘ra, durang bilan yakunlangan o‘yindan so‘ng penaltilar seriyasi amalga oshirildi. O‘yin so‘ngida asosan yosh futbolchilar bilan maydonda qolgan londonliklar "lotereya"da imkoniyatni boy berishdi.

International Champions Cup.
Real Madrid Ispaniya – Arsenal Angliya 2:2 (0:2, 2:0, 0:0, 0:0), penalti seriyasi - 3:2
Gollar: 0:1 – 10, penalti Lyakazett, 0:2 – 24 Obameyang, 1:2 – 56 Beyl, 2:2 – 59 Asensio.
Real Madrid – Navas (Kurtua, 46), Nacho, Ramos (Adri, 65), Karvaxal (Odriosola, 46), Mendi (Marselo, 46), Vaskes (Isko, 46), Kroos (Fidalgo, 65), Modrich (Seoane, 65), Azar (Beyl, 46), Benzema (Asensio, 46; Vinisius Junior, 65), Yovich (Varan, 16).
Arsenal – Martines, Chembers, Papastatopulos, Kolashinas, Jenkinson, O‘zil (Saka, 74), Mxitaryan (Nelson, 75), Jaka, Uillok (Monreal, 46), Obameyang (Burton, 75), Lyakazett (Nketia, 74).
Ogohlantirishlar: Nacho (5), Karvaxal (26), Papastatopulos (38).
Chetlatishlar: Nacho (9), Papastatopulos (40).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:04, 24.07.2019.
O'qildi: 11858 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.