Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘zPFL komissarlari uchun seminar tashkil etildi

O‘zPFL komissarlari uchun seminar tashkil etildi

Baho:
+ | -

Zamonaviy futbolda klublar hamda terma jamoalar ishtirokidagi uchrashuvlarni yuqori darajada tashkil etishda komissarlarning o‘rni nihoyatda muhim sanaladi.

Shu boisdan FIFA ham, Osiyo futbol konfederasiyasi ham malakali uchrashuv komissarlarini tayyorlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borishga harakat qiladi.

Oldinroq xabar berganimizdek, o‘tgan haftada qit’a futbol konfederasiyasi FIFA bilan hamkorlikda komissarlar uchun seminar tashkil etgan va unda bir qator o‘zbekistonlik mutaxassislar ham qatnashishgan edi.

24-25 iyul kunlari esa O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va Professional futbol ligasi ham milliy chempionatimiz uchrashuvlarida faoliyat olib boradigan komissarlar uchun birinchi marta o‘quv-seminari tashkil etdi. Seminarni FIFA komissari Olim Arifov olib bordi.

Seminar davomida uchrashuv komissarining vazifa va vakolatlari, komissarlar o‘yinning yaxshi saviyada tashkil etilishida e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan jihatlar, ushbu sohadagi yangiliklar, qolaversa, xalqaro darajadagi o‘yinlarni o‘tkazishda FIFA va OFK tajribalari xususida mutaxassislarimizga batafsil ma’lumot berildi.

Ikki kundan iborat bo‘lgan seminar davomida FIFA instruktori Vladislav Seytlin o‘yin qoidalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi. Shuningdek, O‘zPFL Lisenziyalash bo‘limi boshlig‘i Aleksandr Davidenko yangi ishlab chiqilayotgan elektron tizimda o‘yin boshlang‘ich tarkiblari hamda qaydnomalarni to‘ldirish bo‘yicha ma’lumot berdi.

Bundan tashqari “Paxtakor” stadionida o‘yin tashkilotchiligi, uchrashuv oldidan stadionni ko‘zdan kechirish, o‘yin oldi va undan keyingi jarayonlarni bajarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ham tashkil etildi.

O‘FA Birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov ham milliy chempionatimiz uchrashuvlarida faoliyat olib boradigan komissarlar bilan uchrashib, ularning zimmasida ulkan mas’uliyat, shu bilan bir qatorda ularga nisbatan yuksak ishonch bor ekanini alohida qayd etdi.

- Komissar – O‘FA hamda O‘zPFLning uchrashuv o‘tadigan stadiondagi vakili sifatida barcha tashkiliy masalalarga mas’ul sanaladi. Bundan buyon har bir komissarning ish faoliyati o‘rganib, tahlil etib boriladi. Bunday seminarlar tez-tez tashkil etilib, komissarlarimiz malakasini va ish tajribasini oshirishga, xalqaro uchrashuvlarda ishlaydigan yetuk komissarlar tayyorlashga harakat qilamiz, - dedi Ravshan Ermatov.

Seminar yakunida ikkinchi davra uchrashuvlarida faoliyat olib boruvchi komissarlarga O‘FA Birinchi vise-prezidenti tomonidan sertifikatlar topshirildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 05:02, 26.07.2019.
O'qildi: 1363 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.