Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

«Lokomotiv» mavsumni sovrinsiz yakunlaydimi?

«Lokomotiv» mavsumni sovrinsiz yakunlaydimi?

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogida kutilmagan natija qayd etildi. Toshkentning "Lokomotiv" klubi nimchorak final bosqichida "Surxon"ga yutqazib qo‘yib, musobaqani tark etdi.

Samvel Babayan ushbu o‘yinga jangovar tarkibni tanladi. "Temiryo‘lchilar" 7-daqiqadayoq Sardor Mirzayevning goli evaziga hisobni ochishdi.

Vohaliklar birinchi bo‘limning o‘zida hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Azamat Isroilov gol muallifiga aylandi.

Tengma-teng kechayotgan o‘yinning so‘nggi daqiqalarida esa "Surxon" g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yin tugashiga 8 daqiqa qolganida Abdul Aziz Yusupov mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.

O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqlarda esa "Loko" darvozasi tomon penalti belgilanib, Islom To‘xtaxo‘jayev maydondan chetlatildi. Darko Stanoyevich esa 11 metrli jarima zarbasidan foydalanib, "Surxon"ning g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa, "Surxon" O‘zbekiston kubogi chorak finaliga yo‘l oldi. "Lokomotiv" esa avvalroq Liga kubogidan chiqib ketgan edi. Jamoa Superligada "Paxtakor" 11 ochko ortda qolmoqda. Shu bois, Samvel Babayan jamoasi ushbu mavsumni sovrinsiz yakunlashi mumkin.

O‘zbekiston kubogi, nimchorak final
"SURXON" - "LOKOMOTIV" 3:1
Gollar:  Azamat Isroilov (39), Abdul Aziz Yusupov (82), Darko Stanoyevich (90+2 pen) — Sardor Mirzayev (7)
Chetlatish: Islom To‘xtaxo‘jayev (90+1)
«Surxon»: 22. Sardor Qobuljonov, 2.Abduqahhor Hojiakbarov, 5.Azamat Isroilov (Asror G‘ofurov 54), 6.Rahmatullo Berdimurodov, 13.Abdulaziz Yusupov, 14.Abrorbek Ismoilov, 17.Eldor Boymatov, 19.Vladimir Bubanya, 20.Husniddin G‘ofurov, 21.A’zamjon Aliyev, 44.Darko Stanoevich
«Lokomotiv»: 35.Javohir Ilyosov, 5.Anzur Ismoilov, 6.Oston O‘runov, 8.Jamshid Iskanderov, 10.Sardor Mirzayev (Diyorjon Turopov 83), 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov (Smit Medina 62), 20.Islom To‘xtaxo‘jayev (S), 23.Yovan Jokich, 24.Davronbek Hoshimov, 71.Arslanmurat Amanov, 88.Igor Yelich

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:28, 04.08.2019.
O'qildi: 5349 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик