Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Futboldan chetlatilgan Nodir Qo‘ziboyevdan jazo bekor qilindi

Futboldan chetlatilgan Nodir Qo‘ziboyevdan jazo bekor qilindi

Baho:
+ | -

2018 yilning 1 iyunida Oltiariqning “Iftixor” futbol klubi sobiq murabbiy yordamchisi Nodir Qo‘ziboyev futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan chetlashtirilgan edi.

Bunga sabab Qo‘ziboyev mazkur klub futbolchilari Tursunboy Husanov va Hasanboy Ergashevlarga tazyiq o‘tkazib, ularni kaltaklashda ishtirok etgan, deb topilgandi. Oltiariq tuman IIB Tergov boshqarmasining olib borgan surishtiruvlari natijasida Nodir Qo‘ziboyevning aybsizligi aniqlandi hamda uning ishi bo‘yicha tergov harakatlari tugatildi.

O‘FA Etika qo‘mitasi shu asosda Qo‘ziboyevga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazo chorasini bekor qildi.

“Iftixor” futbol klubining sobiq murabbiy yordamchisi Nodir Qo‘ziboyevning hatti-harakatlari yuzasidan jinoyat ishi tugatilganligi, bunda uning aybi mavjud emasligi hamda unga nisbatan belgilangan jazo chorasi yetarlicha surishtiruvga asoslanmaganligi sabab O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va Professional futbol ligasi Qo‘ziboyevning futbol faoliyati bilan shug‘ullanishiga qarshilik ko‘rsatmaydi.

Shu sababdan Nodir Qo‘ziboyev ikkinchi davra uchun PFLda ro‘yxatdan o‘tkazildi va mavsum so‘nggiga qadar A Pro-liga ishtirokchisi "Iftixor" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 19:12, 06.08.2019.
O'qildi: 4421 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.