Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Liga Kubogi: «Dinamo» - «Andijon» uchrashuvi nega vaqtliroq boshlanadi?

Liga Kubogi: «Dinamo» - «Andijon» uchrashuvi nega vaqtliroq boshlanadi?

Baho:
+ | -

14 avgust kuni O‘zbekiston Liga Kubogi chorak final uchrashuvi doirasida “Dinamo” jamoasi Samarqandda “Andijon” bilan o‘yinda yarim final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

PFL rasmiy sayti 14 avgust kungi Qo‘qon va Samarqanddagi o‘yinlar soat 17:00da boshlanishini e’lon qildi. Ish kuni sanalmish chorshanba kungi uchrashuv vaqti yozning issiq kunida nisbatan barvaqt paytda belgilanganligi aksariyat muxlislarning e’tirozlariga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois buning sabablarini keltiramiz:

1. O‘zbekiston Liga Kubogi chorak final bahsi bir o‘yindan iborat bo‘lib, uchrashuv 90 daqiqa emas, durang natija bo‘lib qolgan taqdirda 120 daqiqa va penaltilar seriyasigacha davom etishi mumkin. Hozirda “Dinamo” stadioni yoritgichlari zamonaviy yoritgichlar bilan yangilanayotgani va hali to‘liq tayyor emasligi bois, o‘yinning kechki vaqtga qadar davom etishi ehtimoli inobatga olinib, uchrashuv 18:00 emas, bir soat oldiroq 17:00da boshlanadi.

2. Shuningdek, chorak final doirasidagi 4 ta uchrashuv ham 14 avgust kuni o‘tkazilishi va barcha uchrashuvlar TV-translyasiya qilinishi rejalashtirilgani bois, Samarqanddagi «Dinamo» - «Andijon» va Qo‘qondagi «Qo‘qon-1912» - «Nasaf» uchrashuvlari 17:00da, Toshkentdagi «Paxtakor» - «Sho‘rtan» va Olmaliqdagi AGMK – «Metallurg» o‘yinlari esa 19:15 boshlanishi belgilangan.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 11:34, 12.08.2019.
O'qildi: 2663 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.