Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Futzal. AGMK bronza medalini qo‘ldan chiqardi

Futzal. AGMK bronza medalini qo‘ldan chiqardi

Baho:
+ | -

Tailandda bo‘lib o‘tayotgan futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining 3-o‘rin uchun bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning AGMK va Vyetnamning "Tay Son Nam" klublari maydonchaga chiqishdi.

Aleksandr Petrov shogirdlari birinchi bo‘limni yuqori tempda o‘tkazib, tanaffusga qadar 3:1 hisobida oldinga chiqib olishdi.

Vakillarimiz ikkinchi bo‘limda ham vaziyatni nazorat qilishayotgan edi, ammo kutilmagan avtogol hisobning qisqarishiga olib keldi. Bundan ruhlangan vyetnamliklar yana ikkita gol urib, oldinga o‘tib olishdi — 3:4.

O‘yin tugashiga 6 daqiqa qolganida AGMK qiyinchilik bilan hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmasdan "Tay Son Nam"ning yaponiyalik legioneri Kazuya Shimisu Rustam Umarov qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi.

Bahsning so‘nggi daqiqalarida Petrov maydonda o‘ynovchi-darvozabonni tushirdi. O‘yin tugashiga 4 soniya qolganida yasha Shimisu olmaliqliklar darvozasiga zabt etib, o‘yinga nuqta qo‘ydi.

Shu tariqa, AGMK Osiyo chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan o‘yinda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Futzal. Klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati, 3-o‘rin uchun o‘yin
AGMK (O‘zbekiston) - "Tay Son Nam" (Vyetnam) 4:6 (3:1)
Gollar: Usmonov (1), Odilov (2), Ropiyev (6), Choriyev (34) — Shimisu (5, 37, 40), Hamroyev (24-avtogol), Pxi (27), Xoy (28)
AGMK: 1.Rustam Umarov (sardor), 2.Abbosbek O‘lmasbekov (darvozabon), 3.Mashrab Odilov, 10.Akbar Usmonov, 12.Davron Choriyev, 14.Anasxon Rahmatov, 4.Ixtiyor Ropiyev, 5.Ilhomjon Hamroyev, 7.Dilshod Rahmatov, 8.Davron Valijonov, 11.Temur Berdiyev.
"Tay Son Nam": 1.Xo Van (darvozabon), 2.Nguyen Van Xuy (darvozabon), 3.Li Kuok Nam, 4.Pxat, 5.Alireza, 6.Xoa, 7.Nguyen Duy, 8.Nguyen Tri, 9.Tran Tay Xuy, 10.Tung, 11.Tran van Vu, 12.SHimizu, 13.Dung, 14.Ton Pxi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:28, 17.08.2019.
O'qildi: 8194 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик