Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/05 19:00 Bunyodkor 3-2 Lokomotiv
23/05 23:45 Kalyari - Fiorentina

Rossiya chempionatidagi yangi nomlar

Rossiya chempionatidagi yangi nomlar

Baho:
+ | -

Yangi mavsum oldidan Rossiya klublari bir nechta katta trasnferlarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lishdi. Eng qizig‘I shundaki, bu transfer oynasi chog‘ida rus klublari nomdor futbolchilarga emas, kelajagi porloq yigitlarga katta urg‘u berishmoqda. Bugun RPLda to‘p suruvchi yangi nomlar bilan tanishtirib o‘tamiz.

Malkom – «Zenit» 40 million yevro

«Barselona» jamoasida asosiy tarkibdan joy olish mushkul. Boz ustiga hujum chizig‘idan. Shunday bo‘lsada, braziliyalik futbolchi Kataloniyada yo‘qolib qolmadi. Messi, Suarez, Dembele singari super o‘yinchilar bilan bir jamoada qisqa muddat to‘p surgan bo‘lsada, o‘zi uchun ulkan tajriba ortira oldi.
Uning «Zenit» jamoasi uchun katta foydasi tegishi aniq. Hujumkor futbolchi vatandoshi Halk singari klubning chinakam yetakchisiga aylanishi tahmin qilinmoqda. Bundan tashqari, jamoa yangi mavsum oldidan YECHLda muvaffaqiyali ishtirok etishni oldiga maqsad qilib qo‘ygan, va bu ishda Malkomdan umid katta. Braziliyalik futbolchi ikkita qanotlardan ham hujum uyishtiradi va markaziy hujumchilar uchun bosh so‘znalarni yaratib bera oladi. Bu o‘z navbatida Azmun va Dzyuba uchun markazga yaqin o‘ynashga imkon beradi. Umuman olganda, Malkom «Zenit»ning o‘yin uslubiga mos tushib ketishiga hech kimda shubha bo‘lmasa, kerak.

Nikolo Vlashich – «SSKA» 16 million yevro

«Everton» safida zahirada otirishdan charchagan xorvat Moskvaning «SSKA» klubiga ijara asosida kelib qo‘shilgan edi. O‘gan mavsumni juda ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgazgan futbolchini klub o‘z safida olib qolishga qaror qildi va uning transferini 15,6 million yevro evaziga sotib oldi.

Vlashichning o‘yin uslubi huddi Modrichni esaltib yuboradi. U markazda juda faol, himoyachilarga doimmo yordam bersada, hujumni sira unutib qo‘ymaydi. Futbolchi o‘tgan mavsumni shu qadar ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazdiki, deyarli har turdan so‘ng ramziy terma jamoada paydo bo‘la boshladi. Uni klubda olib qolgan «SSKA» yangi mavsum oldidan ancha kuchayib oldi, desak adashamagan bo‘lamiz.

Maksimilan Filipp – «Dinamo Moskva» 20 million yevro

«Borussiya Dortmund» klubidan 20 million yevro evaziga sotib olingan hujumchidan «Dinamo» klubi muxlislarning umidi katta.
Filipp «Borissiya Dortmund» safida o‘zini yo‘qotib qo‘ygani yo‘q. Juda sovuqqon va minimum vaziyatlardan unumli foydalana oladigan yigit «Dinamo»ning o‘yin sifatini oshira oladigan darajada iqtidorli. Hozirda butun Rossiya Malkomning transferini borasida so‘zlayotgan bo‘lsada, eng foydali transfer aslida Filippning «Dinamo» safiga o‘tgani bo‘ldi. Bu mavsumda fubolchi o‘zini to‘liq namoyish eta olsa, to‘purarlar poygasida Shomurodov bilan bahslasha oladi.

Gus Til - "Spartak" 18 million yevro

Moskvaning yana bir nomdor jamoasi «Spartak» bu mavsumda transferlarga katta urg‘u berganidan xabaringiz bor. Jamoa bir nechta kuchli futbolchilar bilan shartnoma tuzishga muvaffaq bo‘ldi.

Ular qo‘lga kiritgan futbolchilar orasida Gus Tilning borligi kishini quvontiradi.
Gollandiyaning «Az Alkmar» klubidan 18 million evaziga harid qilingan futbolchi jamoaning o‘yin sifatini belgilab berishi turgan gap. Gus maydonni yahshi ko‘radi va jamoadoshlarini to‘p bilan ta’minlab turishda juda faol. Bundan tashqari ikkinchi qavatda o‘ynash borasida chinkam professional.  RPLning ilk o‘yinlaridayoq futbolchi muxlislarning ishonchini oqlashni uddasidan chiqdi. Eng asosiysi, u yosh va katta g‘alabalarga chanqoq. Moskva klubi bu mavsumda nomdor futbolchilarga emas, iqtidorli yigitlarga suyanishga qaror qilgani quvonarli holat. Gus Til mavsum kashfiyoti bo‘lishi ham hech gap emas. Uning o‘yinlarini kuzatishda davom etamiz.

Remi Kabella – «Krasnodar» 12 million yevro

 

12 million yevro «Krasnodar» jamoasi uchun rekord summa bo‘lmasda, anchagina katta suma ekanligni hech kimga sir emas. Shunday bo‘lsada, klub o‘z o‘yinini yahshilash maqsadida Kabellani harid qilishga qaror qildi. Futbolchi jamoaning hujumlarini tashkillashtirishda faol bo‘lishi kutilmoqda.

RPLning ilk turlaridayoq o‘yinni o‘z qo‘liga olishni uddaldagan fransuz, oz fursatdan so‘ng, chinakam yetakchiga aylanishi lozim. Kabelliya qanotlarda va markazda chaqqon harakar yordamida o‘yining tezligini ko‘tarib bera oladi. Bundan tashqari, futbolchi ajoyib tehnika egasi. Uning maydonda bo‘lishi «Krasnodar» futbolchilari uchun bosh zonalarning ko‘payishini ta’minlab bermoqda. Umuman olganda, Kabella yangi mavsumda jamoasi uchun katta naf berishi turgan gap.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:23, 17.08.2019.
O'qildi: 8984 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.