Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon 0-1 Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv 1-1 Dinamo
07/08 20:00 Xorazm 0-0 Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Dembelening agenti: «Usmon Senegalga uchmadi. Bu yolg‘on. U «Barsa»dan hech qayoqqa ketmaydi»

Dembelening agenti: «Usmon Senegalga uchmadi. Bu yolg‘on. U «Barsa»dan hech qayoqqa ketmaydi»

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Usmon Dembelening agenti Mussa Sissoko futbolchi haqida tarqalgan gap-so‘zlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

«Bu yolg‘on. U Senegalga uchmadi. U Rennga, o‘zi onasining oldiga bordi. Bunga 100 foiz ishonchim komil. Dushanba kungi mashg‘ulot paytida unda jarohat borligi ma’lum bo‘ldi», – dedi Sissoko.

Shuningdek, agentning ta’kidlashicha, Dembele "Barselona"ni tark etmoqchi emas.

«Usmon «Barselona»dan ketish haqida bir daqiqa ham o‘ylagani yo‘q. Yevropaning boshqa jamoalaridan qiziqishlar borligiga qaramay, unga "Barsa"dagi faoliyati yoqmoqda. U kelajakda ulkan yutuqlarga erishmoqchi.

Afsuski, jarohat Usmonning ajoyib mavsum o‘tkazishiga xalal berib qoldi. Ammo bu narsa uning g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ishonchim komil, u qisqa vaqt ichida safga qaytadi va tanqidlarga o‘z javobini beradi.

1000 foizga ishonchim komil, u «Barsa»da qoladi va klub sharafini himoya qiladi», – dedi Sissoko.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 06:11, 21.08.2019.
O'qildi: 3770 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик