Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

«Barselona» Dembeleni jarimaga tortishi mumkin

«Barselona» Dembeleni jarimaga tortishi mumkin

Baho:
+ | -

«Barselona» klubi "Atletik Bilbao"ga qarshi o‘yindan keyin tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortgani uchun Usmon Dembeleni jazolashi mumkin. Bu haqda Sport.es xabar tarqatdi.

Agar 22 yoshli futbolchi o‘zining jarohatini shifokorlardan ongli ravishda yashirgan bo‘lsa, bu La liga va Ispaniya futbolchilar assosaisiyasi qoidalariga ko‘ra qo‘pol qoidabuzarlik hisoblanadi.

Bunday holatda futbolchi 11 kundan 30 kungacha o‘yinlardan chetlatilishi mumkin va bu davr mobaynida unga maosh to‘lanmaydi. Natijada futbolchi 360 ming yevrodan 1 million yevrogacha daromadidan mahrum bo‘ladi.

Fransiyalik futbolchi o‘yinlardan chetlatilmasa ham 215 ming yevro miqdorida jarimaga tortilishi mumkin. Agar u qo‘pol qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, bir oylik maoshining 25 foizi miqdorida jarimaga tortiladi.

Dembele dushanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan keyin uning chap oyog‘i son qismidagi mushagi lat yegani aniqlandi. Uning tiklanishi uchun 5 hafta vaqt kerak bo‘ladi.

Manba: soccernews.ru
Kiritildi: 22:59, 21.08.2019.
O'qildi: 3092 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик