Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Baho:
+ | -


Ronaldu Messi bilan aloqolari haqida nimalar dedi

Portugaliyalik futbolchi mavsum oldidan ko‘plab nashrlar uchun intervyu berishda davom etmoqda. Gap shundaki,  futbol olamidagi eng talab katta bo‘lgan futbolchi bo‘lgani bois u  bilan intervyu uyushtirish katta mashaqqat talab etadi. Shu sababli, Krishning Yevropa nashrlarida e’lon qilinayotgan intervyularining birortasini o‘tkazib yubormaslikka harkat qilamiz.  

Kuni kecha qahramonimiz «TV I» kanili uchun maxsus intervyu berdi. Suhbat qisqa bo‘lsada, ko‘pchilikni qiziqtirgan savollarga futbolchi javob berib o‘tdi. Qiziqarli ma’lumotni sizlar uchun tarjima qildik.

Qachon yakunlashi borasida…

G‘alaba men uchun juda muhim va qadrli. Shunday bo‘lsada, agar ertaga g‘alaba qozona olmasav, hayot to‘xtab qolmaydi. Eng muhimi motivasiyani saqlab qolish. Agar motivasiyani saqalab qolishni uddalay olmaganimda allaqachon futboldan ketgan bo‘lar edim. Balki bu keyingi yilga to‘gri kelar? Balki, 40 yoshgacha to‘p suraraman. To‘g‘risi Kariyeramni qachon yakunlashimni bilmayman. Shunisi aniqki, men o‘sha kun kelguniga qadar futboldan lazzat olishda davom etaman va har kuni g‘alaba qozonish ishqida yonaveraman. Men har kuni tongda aynan shu hisni yana his etish uchun o‘rnimdan turaman. Mehnat men uchun hamma narsa!
Bir e’tibor qarating! «Nobel mukofoti» sohiblarining barchasi iqtidorli bo‘lgani uchun emas, tinimsiz mehnat ortidan hayotda nimanidur isbotlay olganlar! O‘zim uchun faqat futbolchilardan na’muna olmayman. Men zavqlanib kuzatib boradigan boshqa sport vakillari talaygina topiladi.

«Real Madrid»dan ketish haqida

Bu osonlik bilan bo‘lgani yo‘q. Nega deysizmi? Men Madridda 9 yil yashadim. Kariyeramning 60 foizi aynan shu klub va shu shaxarda o‘tdi. 17 ta sovrinni qo‘lga kiritidim va futbolchi sifatida o‘sishga erishdim. Men o‘zimni sinab ko‘rishni istadim va Turinga aynan shu maqsadda keldim. Bu yerda o‘zimni yahshi his qilyapman va yangi g‘alabalarga har doimgidanda chanqoqman.
Madriddan ko‘chib ketishimiz og‘limga juda og‘ir ta’sir qildi, sababi uning barcha do‘stlari ayni Madridda edi. Men uni ketishim haqidagi xabaga oylab tayyorlab bordim. Avvaliga u ketishimga ishonmagan edi.  Madrid men uchun juda qulay imkoniyatlarni yaratib berdi. Men «Real Madrid» muxlislari va Madrid shaxridan minaddorman.

Yangi jamoa, yangi shaxar, o‘zgacha chempionat

Eng qizig‘b moslashib ketishimiz uchun juda oz fursat talab etildi. O‘g‘lim endilikda 4 ta tilde mendan yahshi so‘zlashyapti.

Sud, ayblovlar haqida

Tan olaman o‘tgan mavsum men uchun eng og‘ir o‘tgan mavsum sifatda xotiramda abadiy qoladi.
Bilasizmi nega men uchun og‘ir otdi? Gap shundaki, menga shubha bilan qarashlari, juda og‘ir botdi. Mening 4 ta farzandim bor. Ular huddi men kabi katta bosimni yengib o‘tishlariga to‘g‘ri keldi. Ayniqsa 9 yoshli qizalog‘im men bilan birdek oav tomonidan tarqatilgan yolg‘on xabarlardan ko‘ngli oridi. Eng achinarlisi atrofimdagi insonlarning aksariyati meni noo‘rin ayblashdi. Shunga qaramasda, yaqinlarim aybsiz ekanligimga zarracha shubha qilishmadi. Aybsiz ekanligim isbotlangachgina oilam yengil tin oldi. Oilam men bilan og‘ir damlarda yelkama-elka turganidan faxrlanaman.

Messi va raqobat haqida

Leo Messining kariyerasini kuzatganim sari zavqlanaman. U men Ispaniyadan ketganimda nimlar deganidan xabaringiz bor. Mensiz u muammolarga duch kelganini yashirib o‘tirmagan edi.  Gap shundaki, ikkimiz o‘rtamizda ajoyib qarama-qarshilik mavjud edi! Bunaqasi faqatgina futbolda yuz bermaydi. Maykl Jordanning ham ko‘plab kuchli raqiblari bo‘lgan. Bunday sog‘lom raqobat sportning yanada ommalashishi uchun hizmat qiladi.  Men erishgan yutuqlarning barchasida Messining hizmatlari katta. U erishgan yutuqlarda esa mening hizmatlarim alohida o‘rin tutadi. Qachonki men sovrinni qo‘lga kiritsam, u bundan ruhlanadi va yana kurashga kiradi. Agarda Leo sovrin yutsa, men ham huddi u kabi yana kurashga qaytaveraman.  Biz Leo bilan professional darajada aloqa qilamiz, sababi 15 yil davomida ikkimiz ham bir hil hissiyot og‘ushida to‘p surdik. O‘ylab qarasam, u bilan biror marotaba tushlik qiolmagan ekanmiz. Kelajakda bu xatoni to‘g‘rlash uchun ikkimizda ham yetarlicha vaqt mavjud.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 03:38, 22.08.2019.
O'qildi: 2992 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.