Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Eldor Shomurodov Sobolеvdan ko‘proq gol uradi (Eldor rus analitiklari e’tiborida)

Eldor Shomurodov Sobolеvdan ko‘proq gol uradi (Eldor rus analitiklari e’tiborida)

Baho:
+ | -

Aleksandr juda aniq zarba bermoqda – bu tez orada o‘z yakuniga yetadi

RPL starti bizga ikkita yangi to‘purarni sovg‘a qildi. «Krilya Sovetov» hujumchisi Aleksandr Sobolev va «Rostov» forvardi Eldor Shomurodov tomonidan urulgan gollarning soni 11 taga yetdi.

Bir qarashda kutilmagan natija bo‘lib ko‘rinsada, bu futbolchilarning o‘sishga erishgani tabiiy xol. Sobolev 2016/17-yilda ikkinchi dvizionda ko‘za tashlana boshlagan bo‘lsa, 2018-yilda Samara jamoasiga kelib qo‘shildi. 2019-yilda Samara klubi RPLga yo‘llanma olgach, futbolchi asosiy tarkibdagi o‘rnini boy berib qo‘ydi va ijara asosida «Enisey» klubiga o‘tib ketdi. Futbolchi u yerda 10 ta uchrashuvda ishtirok etdi va raqiblari darvozasiga 3 bor yo‘l topishga muvaffaq bo‘ldi. So‘ngra Sergey Kornilenko o‘z faoliyatini yakunlagach, Sasha yana Samaraga qaytib keldi.

Shomurodov ham Rossiyada 2017-yildan beri to‘p surmoqda. Eldorning Osiya Kubogidagi yorqin o‘yinlari uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini yanada oshib ketishiga sabab bo‘ldi. O‘zbek 4 ta uchrashuvda ishtirok etib 4 bor gol kirtdi va to‘purarlar poygasida ikkinchi o‘rinda qayt etildi.

So‘ngra Eldor bahorda 2 ta gol kiritdi( «Spartak» va «Krasnodar» «eldorka» nomli boshkiyim bilan). Bu gollar ko‘p narsani anglatmasada, futbolchining kariyerasida katta rol ijro etdi. Aynan qishki tanafusdan so‘ng, Sigurdarson «Rostov»ning asosiy hujumchisi nomini yo‘qotib qo‘ydi va 6 ta uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan bo‘lsa, Eldor 5 ta uchrashuvni o‘n bittalikda boshladi. Qolgan 2 ta uchrashuvda Karpin Ionov va Popov bilan hujum qilishga qaror qildi.
Klubning yozgi o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarida Shomurodov 4-3-3 taktikasining markaziy hujumchisiga aylandi va bu o‘z mevasini bera boshladi. Hozirda Eldor Sobolevdan atigi bir golga ortda qolmoqda.



Sobolev ko‘p zarba beruvchi top 25 futbolchilar sirasiga kirmasada, hammadan aniq zarba yo‘llamoqda

Sobolev har safar aql bovar qilmas gollarni kiritmoqda, biroq oddiy vaziyatlarda darvozaga yo‘l topa olmayapti. Yangi mavsum boshida Sobolev 4 chiroyli golga mualiflik qildi. Parashut uslubida maydon markazidan kiritilgan gol va qaychi uslubida «Arsenal» darvozasiga kiritilgan shedevrlar shular jumlasidan. Zarbalar borasida Sobolev liga futbolchilari orasida 28-o‘rinda qayt etilgan, lekin uning zarbalar aniqligi hayron qoldiradi. Hujumchi 66,6 foiz zarbalari aniq manziliga yetib bormoqda. Bu 3 ta zarbadan 2 tasi nishonga tegdi degani. Bu ko‘rsatgich borasida hujumchi faqatgina Vlashichdan ortda qolmoqda.

Aleksandr bundan avvalgi mavsumlarning birortasida aniq zarbalar borasida yaxshi ko‘rsatgich namoyish etmagan edi.  «Tom» jamoasida 36,3 foiz bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan mavsumda futbolchi 41,6 foizli natijani qayt etdi.

Sobolevning 3 ta goli aynan qanotdagi faollik tufayli kiritilganini alohida qayt etib o‘tish lozim.  Samara shaxri jamoasining qanotida Kombarov va Kabutov singari RPLning eng kuchli to‘p uzatuvchilari harkat qilayotgni Sobolevning kiritgan 3 ta golida katta ahamiyat kasb etmoqda.

Shomurodov chaqqonroq

Eldor ham ko‘pincha uzatmadan so‘ng zarba berishni hush ko‘radi. U raqib maydonida to‘p bilan muomila qilish bobida RPLda 2-ko‘rsatgichni qayt etmoqda

Shomurodov Artyom Dzyuba bilan birgalikda bosh bilan zarba yo‘llash borasida yetakchilikni qo‘lga olgan. Bu futbolchilar shu kunda qadar 10 bor yuqoridan kelgan to‘plarni darvozaga to‘g‘irlab qo‘yishga muvaffaq bo‘lishgan. Sobolev esa atigi 4 bor bosh bilan zarba bera olgan xolos.

Shomurodov o‘z o‘yini orqali «Rostov»ga katta yordam bermoqda. Gap shundaki, Karpin o‘tgan mavsumda eng kuchsiz hujum chizig‘iga ega klubni tamomila boshqacha jamoaga aylantirishning uddasidan chiqdi. Norman, Popov, Erominka boshchiligidagi markazni qo‘llab turgan qanot futbolchilari jamoaning o‘yin uslubini 180 gradusga o‘zgartirib yuborishni uddalashdi.Hozirda Karpin shogirtlari hujum yaratish  borasida 7-turga kelib 3-o‘rinni band qilishmoqda.

O‘yin uslubining o‘zgarishi Shomurodovni raqib jarima maydonchasida to‘p eng ko‘p tegingan ikkinchi futbolchiga aylantirdi. Eldor 56 bor to‘ga tegingan bo‘lsa, Azmun 58 bor bu ishni uddalagani uchun 1-o‘rinni egalab turibdi.

Sobolev tana bilan yaxshi o‘ynasada, ko‘p qoida buzadi. Shomurodov jamoaning o‘yinidan kelib chiqib vaziyatni o‘tkirlashtira oladi

«Kriliya» asosan uzoq masofalarga to‘pni yuqoridan tashlash orqali hujum uyushtirmoqda. Aynan shu sabab Sobolev asosan darvozaga teskar turib to‘p uchun kurashishga majbur bo‘lmoqda.  Qiyin bo‘lsada, bunday uzatmalar o‘z samarasini bermoqda.

Shunga qaramasdan, Sobolev hujumda qoida buzish borasida RPLda 3 o‘rinni yegallamoqda. Bu ko‘rsatgich uning himoyachilarga yordam bergani uchun emas, asosan tana bilan o‘ynashga katta urg‘u bergani bilan bog‘liq. Shunday bo‘lsada, uning harkatlari ajoyib samara berishi hech kimga sir emas.

Sobolev jamoaning o‘yin uslubi tufayli asosan to‘pni ortga oshirib berishga majbur bo‘ladi. Shomurodovda esa, aksincha u asosan oldinga siljishga urunadigan hujumchilar sirasiga kiradi.
Shomurovdov o‘yin davomida 61,4 foiz paslarni oldinga uzatsa, bu ko‘satgich Sobolevda 40,2 foizni tashkil etadi.

Shomurodov jarima maydonchasi ichida to‘pga teginish borasida RPLda 2-o‘rinda bormoqda. U 7-turga kelib 56 bor raqib jarima maydonchasida to‘pga tegishga muvaffaq bo‘ldi. Undan yaxshi natija faqatgina Serdar Azmundagin mavjud (58).

O‘zbekistonda Shomurodov asosan chap qanot hujumida paydo bo‘lar edi. Aynan shu omil uning Karpin qo‘l ostida kuchli futbol namoyish etishiga yordam bermoqda. U Karpin qo‘l ostida faqat hujumchi bo‘libgina qolmay, yarim himoya va hujumchilarni bog‘lab turivchi ko‘prik vazifasini ham bajarmoqda. Bundan tashqari u osonlik bilan hujumni qanotga ko‘chira oladi va to‘pni jarima maydonchasiga ajoyib tarzda tashlab berish imkoniga ega bo‘ladi. Hozircha uning hisobida 6 ta qanotdan uzatma mavjud. Bunday ko‘rsatgich "Rostov" jamoasida  qanot futbolchisi Bayramiyandan boshqa hech kimda yo‘q ekanligi so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Bu borada Shomurodov Sobolevni katta ustunlik bilan ortda qoldira oladi.

Katta ehtimol bilan bu mavsumda Shomurodov Sobolevdan ko‘proq gol kiritsa, ajab emas. Sobolevning jamoasi targ‘ib qilayotgan o‘yin uslubi futbolchining zarariga ishlashi mumkin.

«Rostov» esa, jamoaviy o‘yin evaziga Eldorga ko‘proq gol urish imkoniyatini yaratib bera oladi.
Sobolev mavsum boshida bir porlab so‘nggan yog‘du emasligi aniq. U mavsumni o‘rtacha yakunlagan taqdirda ham unga Moskva klublaridan takliflar bo‘lishi turgan gap. Ko‘pincha, Aleksandrni Dzyubaga o‘xshash futbolchi ekanligi uchungina asosiy tarkibdan joy berilishini hush ko‘rmasada, u kabi baquvvat fubolchilar Rossiyada boshqa yo‘q. Bu esa, futbolchining kelajagiga o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi.

Shomurodovning kelajagi undanda qiziqroq tus olishi kutilmoqda. Uning oldida «Rostov» bilan yevrokuboklarda ishtirok etish, Moskva, Peterburg yoki Kransodar safiga o‘tish imkoni mavjud. Bundan tashqari, futbolchi Yevropada ham o‘zini namoyish etishi mumkin.

RPL qatorasiga ikkinchi yoz davomida bizga ajoyib startni va yangi yulduzlarni taqdim etgani tahsinga sazovar.

Manba: Sports.ru
Kiritildi: 10:53, 29.08.2019.
O'qildi: 11110 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.