Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Tog‘dagi yig‘inni yakunlagan AGMK «Andijon»ni mag‘lub etdi

Tog‘dagi yig‘inni yakunlagan AGMK «Andijon»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

FIFA kunlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalangan AGMK 30 avgustdan 4 sentyabrga qadar Chimyon tog‘ yonbag‘rida joylashgan "Archazor"da yig‘in o‘tkazdi.

Mazkur yig‘in davomida jamoa murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoniy holatini bir me’yorda ushlab turishga e’tibor qaratishdi. Bugun qisqa yig‘inni yakunlab qaytgan olmaliqliklar Qibrayda Superliga vakili "Andijon" bilan nazorat uchrashuvini o‘tkazishga ham ulgurdi.

Tog‘dagi yig‘inda jismoniy holatga e’tibor qaratilgan bo‘lsa, endigi vazifa jamoaning o‘yin amaliyotini ham bir maromda saqlab turish lozim. Shu boisdan ham bugun nazorat bellashuvida "Andijon" sparring raqibga aylandi.

Qiziqarli va murosasiz o‘tgan o‘yinda har ikkala jamoa a’zolari hujumkor o‘yinga e’tibor qaratishga urinishdi. Birinchi taymda "Andijon" ham, AGMK ham golli vaziyatlarni yaratishga erishishdi. "Andijon" futbolchilari yaratilgan vaziyatlarini golga aylantirishni uddasidan chiqa olmagan bo‘lsa, Toshkent viloyati vakillari tanaffusga qadar raqib darvozasini ikki bor aniq nishonga oldi. Dastlab Saydullo Rahmatovning uzatmasidan so‘ng San’at Shixov jarima maydonchasi ichidan to‘pni to‘rga yo‘llagan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmasdan Dilshod Jo‘rayev Murod Toshmatov rivojlantirgan hujumni golga aylantirdi.

Ikkinchi bo‘limda esa har ikkala jamoa safida yangi 11talik maydonga chiqdi. Mirjalol Qosimov tanaffusdan keyin yig‘inda bo‘lib turgan yoshlar jamoasi a’zolari Sheroz Jalolov, Saydullo Toshpo‘latov, Farhod Imamov va Kamron Abdulhamidov singari yosh iqtidorli futbolchilarga imkoniyat berdi. Ikkinchi bo‘limda jamoalar ijrosida boshqa gol urilmadi. Shu tariqa AGMK mazkur yig‘in doirasidagi ilk nazorat uchrashuvida "Andijon" ustidan g‘alaba qozondi.

Nazorat o‘yini
4 sentyabr, chorshanba
AGMK - "Andijon" 2:0
Qibray stadioni.
Bosh hakam: Vadim Agishev.
Gollar: San’at Shixov (36), Dilshod Jo‘rayev (43)
AGMK - Suhrob Sultonov (Akbar To‘rayev, 30) - Akmal Shorahmedov, Igor Zonich, Vladislav Kasminin, Saydullo Rahmatov - Erkin Baydullayev, Dilshod Jo‘rayev, Mirjamol Qosimov - Murod Toshmatov, Shahzod Nurmatov, San’at Shixov.
Ikkinchi bo‘limda o‘ynagan tarkib: Akbar To‘rayev (Roman Abdulov, 60) - Mirg‘iyoz Sulaymonov, G‘ulomHaydar Gulyamov, Sardor Rahmonov, Sheroz Jalolov - Jasur Umarov, Saydullo Toshpo‘latov, Jasur Hakimov - Zohir Pirimov, Kamron Abdulhamidov, Farhod Imamov.

AGMK navbatdagi nazorat o‘yinini 8 oktyabr kuni Olmaliqda "Paxtakor"ga qarshi o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, jamoamiz a’zolari Nizomiddin Ziyovutdinov, Jasur Yaxshiboyev Olimpiya terma jamoasi yig‘inida ishtirok etayotgani tufayli jamoa mashg‘ulotlarida qatnashmayapti. Shuningdek, jamoamiz massajchisi Abdulla Rizboyev esa Milliy jamoa ixtiyorida JCH-2022 saralash doirasidagi Falastinga qarshi o‘yinga jo‘nab ketgan. Elguja Grigalashvili, Zafar Polvonov va Bobur Yuldoshev esa mikro jarohatlari tufayli bugungi o‘yinda ishtirok etishmadi.

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 21:38, 04.09.2019.
O'qildi: 3333 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.